II. O’tilgan mavzuni mustahkamalash va uy vazifasi:
O’tilgan mavzu: ”A. Oripovning hayoti va ijodi”. O’tilgan mazuni takrorlash uchun Aqliy hujum metodidan foydalaniladi. Bunda har bir guruh a’zolariga A. Oripov hayoti va ijodidan savollar beriladi. Savollar quyidagilardan iborat:
A. Oripovga O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti islom Karimov qanday ta’rif bergan?
A. Oripov qachon tavallud topgan?
A. Oripov qayerda tug’ilgan?
Otasi kim bo’lgan?
Onasi kim bo’lgan?
Oilada nechta farzand bo’lishgan?
A. Oripov nechanchi farzand bo’lgan?
A. Oripov qaysi baxshining dostonlarini eshitib katta bo’lgan?
A. Oripov qayerlarda o’qigan?
A. Oripovning ilk ustozlari kimlar bo’lishgan?
A. Oripovning havaskor shoir bo’lgan akasining ismi?
A. Oripov mehnat faoliyatini qayerda boshladi va mehnat faoliyati davomida qanday darajagacha ko’tarildi?
A. Oripov qanday mukofotlar olgan?
A. Oripovning birinchi she’rining nomi?
A. Oripov qaysi tanqidchi e’tiboriga tushgan?
A. Oripov qaysi shoirdan sdaboqlar olgan, uni o’ziga ustoz deb bilgan?
Shoirning birinchi she’riy to’plamining nomi?
A. Oripov kimning qaysi asarini tarjima qilgan?
Shoirning qaysi asari ”Ilohiy komediya ta’sirida yozilgan?
A. Oripov qaysi shoirlarning she’rlarini o’zbekchaga o’girgan?
Keyingi metodimiz ” Bir daqiqa metodi” deb nomlanadi. Bunda har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, bir daqiqa ichida doskaga A. Oripovning ijodiga mansub kitoblari nomini tezroq yozishlari kerak. Kim bir daqiqa ichida tez va ko’proq yozsa, o’sha ishtirokchining guruhi g’olib sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |