Sinf: 5"A" Fan: ona tili Mavzu: A. Oripov "O’zbekiston" qasidasini o’qish va uning tahlili Dars shiori: Ilm istang, izingizdan ibrat yog‘sin


Download 1.3 Mb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1415603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
39 To\'ldiruvchi

143-mashq. “Bog’liqli matn”. Bunda guruhlar “Birni kessang, o’nni ek” mavzusida bog’liqli matn tuzishadi va matnlaridagi to’ldiruvchilarni sanab berishlari kerak.


Savol va topshiriqlar “Xa yoki yo’q” o’yini orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqarilib uchtadan savollar beriladi.
1-guruh savollari.

  1. Kim? so’rog’i to’ldiruvchining so’rog’imi?

  2. To’ldiruvchining tagiga tahlilda nuqtalardan iborat chiziq chiziladi.

  3. Bu so’zdan Hamid ajablandi gapida to’ldiruvchi qatnashyapti.

2-guruh savollari.

  1. To’ldiruvchilar kesimga bog’lanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi.

  2. Nimaga?, kimga? so’rog’i to’ldiruvchining so’rog’imi?

  3. To’ldiruvchining tagiga tahlilda uzuq chiziqchalar chiziladi.

3-guruh savollari.

  1. To’ldiruvchi kesimga bog’lanadi.

  2. Ustoz otangdan ulug’ gapida to’ldiruvchi qatnashmayapti.

  3. To’ldiruvchi ikkinchi darajali bo’lak.





Darsimiz so’nggida “Ifodali o’qish” daqiqasini tashkil qilamiz. Bunda har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, 21- oktabr, ya’ni “Til” bayramiga atab she’r o’qishadi. Qolgan o’quvchilar esa, she’rni tinglab undagi to’ldiruvchilarni topishadi. Birinchi guruh aytgan she’rdan ikkinchi guruh, ikkinchi guruh aytgan she’rdan uchinchi guruh, uchinchi guruh aytgan she’rdan to’rtinchi guruh, to’rtinchi guruhaytgan she’rdan beshinchi guruh, beshinchi guruh aytgan she’rdan esa birinchi guruh o’quvchilari to’ldiruvchilarni topib izohlashadi.


1-guruh o’quvchisi:
Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdim-u, bo’lak ishni qotirmadim,
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam, eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


2-guruh o’quvchisi:
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni o’zbek siylar,
Holimizni jim kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


3-guruh o’quvchisi:
Tilni asrasangiz har nedan ortiq,
Yagona olamni asragan zamon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling