Sinf: 5"A" Fan: ona tili Mavzu: A. Oripov "O’zbekiston" qasidasini o’qish va uning tahlili Dars shiori: Ilm istang, izingizdan ibrat yog‘sin
Download 1.3 Mb.
|
39 To\'ldiruvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umidani (kimni)
- 142- mashq. “Rollarga bo’lib o’qish”.
Bilib oling:
Yangi mavzu qoidasi slayd orqali namoyish etiladi. Fe’lga bog’lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? Singari so’roqlarga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi. Tahlilda to’ldiruvchi ostiga uzuq chiziqlar ( - - - - - ) chiziladi. To’ldiruvchilar kesimga bog’lanishiga ko’ra ikki xil turga bo’linadi: Mustaqil to’ldiruvchilar Nomustaqil to’ldiruvchilar Mustaqil to’ldiruvchilar kesimga to’g’ridan-to’g’ri bog’lanadi. Masalan: Rustam Umidani (kimni?)ko’rdi. Nomustaqil to’ldiruvchilar esa kesimga birikma holida bog’lanadi. Masalan: U ustozining umri tugayotganini (nimani?)sezdi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Shu o’rinda dars shiori izohlanib, undagi ma’no-mazmun izohlanadi. To’ldiruvchisi topiladi. 141-mashq. Ushbu mashqni bajarishda ”Alplar bellashuvi” usulidan foydalaniladi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi. Doskada ko’rgazma osib qo’yilgan. Unda ajdar va devning savollariga javob berishi kerak bo’ladi. Bunda: - she’r, ajdar va devning rasmi tushirilgan varaqlarning orqa tomoniga yozib qo’yilgan maqollardan to’ldiruvchilarni topishlari; - maqollarda ilgari surilgan g’oyalarni izohlashlari kerak bo’ladi. Javoblarning to’g’ri yoki noto’g’riligi slayd orqali tekshiriladi. 1. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. 2. Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga. 3. O’zingga o’zingni maqtagandan qo’rq. 142- mashq. “Rollarga bo’lib o’qish”. O’quvchilar rivoyatni o’qish asnosida , unda ishtirok etayotgan to’ldiruvchilarni yozib borishlari kerak. Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotganida uning huzuriga shogirdlaridan biri kelibdi Assalomu alaykum, ustoz. Vo alaykum assalom. Keling, xush kelibsiz. Anchadan buyon tobim yo’q. Sizni ko’rish istagida edim. Shogird ustozining umri tugayotganligini sezib, uning ko’nglini ko’tardi. O’g’lim, umrim tugab borayotganga o’xshaydi. Lekin bir savol menga tinchlik bermaydi. Qanday savol ekan, ustoz? Sizga bir vaqtlar yer yuzida yana qandaydir qit’a borligi haqida aytgan edim. Ha aytgan edingiz O’sha qit’ada hozir inson zoti yashayotganmikan, ob-havosi qanday bo’lsa ekan? Avval sog’ayib oling. Hozir sizni qiynalishingizni xohlamayman, ustoz. To’g’ri, ammo, shu savolga javobni bilmasdan ketgandan ko’ra yaxshi bo’lardi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling