Sinf: 9-"B"sinf. Mavzu: "Alpomish" dostoni, Doston timsollari tahlili, Mustahkamlash


Download 90.55 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi90.55 Kb.
#1239583
  1   2   3   4
Bog'liq
1 soatlik dars ishlanma


16- sentyabr
Sinf: 9-“B”sinf.
Mavzu: “Alpomish” dostoni, Doston timsollari tahlili, Mustahkamlash.
Darsning maqsadi:
Ta'limiy: o’quvchilarning “Alpomish” dostonidagi qahramonlar yuzasidan olgan bilimlarini sinovdan o’tkazish, nutqiy kompetensiyasini mustahkamlash;
Tarbiyaviy: xalq og’zaki ijodini tushunish, hurmat qilish, estetik didni tarbiyalash, Xalqimizning milliy qadriyatlarini o’quvchilar ongiga singdirish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda og’zaki nutq ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: bilim va ko’nikmalarni mustahkamlovchi.
Dars usuli: “Xotira mashqi”, “Darsimiz bilimdoni”, “Tadrij”, “Raqamli eslatma”, “Bu qaysi timsol?”, “Ma’nolar xazinasi”.
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmali va tarqatmali vositalar, mavzuga doir plakat va suratlar, 3 ta quticha.
Dars rejasi:
1. Adabiy daqiqa,
2. Shartlarni tushuntirish.
3. O’tilgan mavzu yuzasidan tezkor savol - javoblar. “Xotira mashqi”
4. Yangi mavzu bayoni. Mavzu yuzasidan mustahkamlash, topshiriqlarni bajarish
5. Uyga vazifa berish.

O’qituvchi - Hurmatli o’quvchilar darsimizni boshlaymiz. Hamma tayyormi darsga? Unday bo’lsa ozgina darsni boshlash uchun, barchamizni fikrimizni darsga jalb etish uchun “Xotira mashqini” o’tkazamiz va quyidagi savollarga qisqa va lo’nda javob beramiz.


1. Adabiyotning asosiy quroli?
2. Badiiy va ilmiy adabiyotning bir-biridan farqi nimada?
3. Badiiy adabiyot qanday turlarga bo’linadi?
4. Og’zaki va yozma va yozma adabiyot haqida, ularning o’ziga xos belgilari haqida ayting.
Mana aziz o’quvchilar, barchamiz fikrlarimizni jamlab darsga yanada chuqurroq kirishdik. Endi darsimizning asosiy qismini boshlaymiz. O’tgan darsimizda uyga vazifa ““Alpomish "dostoni matni ustida ishlash” edi. Bugun ushbu mavzuning davomi “Doston timsollari tahlili. Mustahkamlash darsi”
Darsimiz bir qancha shartlardan iborat. Har bir shartga alohida alohida javob beramiz va har bir o’quvchi o’zi uchun ball yig’adi. Dars yakunida g’olib o’quvchini aniqlaymiz vа unga “Darsimiz bilimdoni" nominatsiyasini taqdim etamiz.
1- shart. „Tadrij" sharti. Ya’ni ushbu shartda birdaniga 3 ta o’quvchi javob berish imkoniga egadirlar. Ular biletlarda yozilgan savollarga qo’l ko’targan holda javob berishadi. Birinchi qo’l ko’tarib javob bergan o’quvchi ballga ega bo’ladi. Biletlardagi savollar saviyasi esa savol raqamiga qarab ko’tarilib boradi va qaysi raqamdagi savolga javob bera olsa o’quvchi shu raqamdagi balga ega bo’ladi. Masalan: 1-o’quvchi 1-3-4- savollarga javob bersa 1+3+4=8 balga, 2-o’quvchi 2-5-savollarga javaob bersa 2+5=7 balga ega bo’ladi. 3-o’quvchi hech qanday savolga javob bera olmasa u 0 balga ega bo’ladi.
Biletlardagi savollar


Download 90.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling