Sinf: 9-"B"sinf. Mavzu: "Alpomish" dostoni, Doston timsollari tahlili, Mustahkamlash


-bilet 1. Darslikdagi “Alpomish” dostonini kim kuylagan?


Download 90.55 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi90.55 Kb.
#1239583
1   2   3   4
Bog'liq
1 soatlik dars ishlanma

1-bilet
1. Darslikdagi “Alpomish” dostonini kim kuylagan?
2. Dostonning asosiy qahramonlari kimlar?
3. Aka-ukalarning urishib qolishiga sabab nima edi?
4. Oybarchin qanday shartlar qo’ydi?
5. Ko’sa sinchining ko’zini nima sababdan Ko’kaldosh o’yib oldi?





2-bilet
1. Dobonbiy kim?
2. Alpomishning asl ismi nima edi?
3. Boysari va Boybo’riga farzandsizligi qayerda juda ham bilinib ketdi?
4. Surxayl kampirning farzandlarini ismi bilan sanab bering.
5. Alpomish va Barchinning to’yida qanday rasm-rusumlar qilindi?





3-bilet
1. Hakimbekning singlisining ismi nima edi?
2. Surxayl kampirning qaysi o’g’li Alpomish bilan do’stlashadi?
3. Qultoy nima uchun Alpomishga ot bermaydi.
4. Yoyandozlik sharti qayerda bo’lib o’tadi?
5. Barchinning xatini nimа uchun Boybo’ri yashirib qo’ydi?





4-bilet
1.Hakimbek necha yoshida alp bo’ldi?
2. Boybo’ri va Baysari chupron to’yga necha tillani tashab chiqib ketdi?
3. Qalandar kiyimida to’yga kelgan kishi kim edi?
4. Boychibor poygada nima uchun orqada qoldi?
5. Barchinoyning Alpomishga qarata aytgan achchiq so’zlari qanday edi?




2- shart. “Raqamli eslatma”
Ushbu shartda butun sinf ishtirok etadi. Ya'ni o’qituvchi doston bilan bog’liq raqamlarni birma bir aytadi, eslay olgan o’quvchi tezlik bilan javob berib o’zi uchun ball yig’adi. Bunda ham albatta “o’ng qo’l qoidasi”ga amal qilinadi. Ya'ni birinchi o’ng qo’lini ko’targan o’quvchi javob beradi
Namuna
1. On olti … ( o’n olti urug’ qo’ng’irot eli)
2. O’n ming … ( o’n ming uyli qo’ng’irot eli Boysari bilan birga ko’chib ketadi)
3. Yetti … (Yetti alp-Surxayl kampirning farzandlari va yana Hakimbek 7 yoshida alp bo’lgan)
4. Bir kam qirq kun … (Shohimardon ravzasidan bir kam qirq kunda ovoz keladi)
5. To’rt yarim gaz … (Boychiborning taklam – buklam bo’lib yotgan qanoti)
6. To’rt yuz to’qson to’qqiz va besh yuz … (Barchinning poygasiga 499 ot bo’ldi. Boychibor 500 - ot bo’ldi)
7. Bir kam to’qson va to’qson ... (Dunyodan bir kam to’qson alp o’tdi, Alpomish to’qsoninchi bo’ldi)
8. O’n to’rt … (Hakimbek 14 botmon yoyni ko’targan, sovchi kelganda Oybarchinning yoshi 14 da edi)
9. O’n besh qarich … (Barchin barkamol, bo’yi yetganda har yag’rini 15 qarich keladi)











O’n to’rt …

Bir kam to’qson va to’qson ...

To’rt yuz to’qson to’qqiz va besh yuz …

O’n besh qarich …

Olti oy …

Bir kam qirq kun …

To’rt yarim gaz …

Yetti …

O’n ming …

Olti oy …
10. Olti oy … (Barchin alplarga javob aytish uchun 6 oy muhlat oldi

Yuqoridagi ikki shartdan so’ng eng ko’p ball yig’gan 10 ta o’quvchi keyingi shartni bajarish imkonini oladi.



Download 90.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling