sinf adabiyot uchun soatlik dars ishlanma. 2023-2024-o‘quv yili Nazariy dars rejasi №1


Download 1.9 Mb.
bet2/5
Sana13.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1771743
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 sinf dars ishlanmasi omonova

Ta’lim shakllari: slaydlar asosida kichik guruhlarda ishlash.
Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar, matn va mashqlar asosida
Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash
Axborot manbalari va texnik vositalari: kompyuter, proyektor, ekran, slayd, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, rangli va oq qog‘ozlar, markerlar.
Dars turi: nazariy-amaliy.
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa)
a) o‘quvchilar bilan salomlashish;
b) o‘quvchilarni darsga hozirlash;
d) o‘quvchilar davomatini aniqlash;
e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish.

  • Dars shiori: Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.

(O‘zbek xalq maqoli)

  • Kun hikmati: Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir, Ilm dunyoning lazzatidir.

Abdulla Avloniy
II. Uy vazifasini so‘rash va baholash. (10 daqiqa)
1. O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va ularga nom beriladi.
I guruh: “Bilimdonlar” II guruh: “Zukkolar” III guruh: “Topqirlar”

2. “Tushunchalar tahlili” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra guruh sardorlari keltirilgan tushunchalarga mos ta’riflarni jadvalga yozadilar.

3. “Zanjir” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra o‘quvchilar o‘zlari yod olgan she’rlarini satrma satr ketma-ket bittadan aytadilar. Zanjirning halqalarini uzib qo‘ymaslik uchun har bir o‘quvchi tezlikda davom ettirishi kerak. Masalan, 1-o‘quvchi: Asfaltni qoq yorib unibdi giyoh,. 2-o‘quvchi: Yo‘lovchi ko‘zini tortar dam-badam. va hokazo.

III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)
1. O‘quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi. Yangi mavzu slaydlar asosida tushuntiriladi.
2. Mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar beriladi, misollar keltiriladi.


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling