sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet140/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar

. Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:  ° 0'zbekistonda qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometrga yaqin. ° 160 dan ortiq neft konlari mavjud. ° Neft va gaz mavjud bo'lgan beshta asosiy mintaqa: Ustyurt, BuxoroXiva, Janubi-G'arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg'ona. ° Respublikamizda neft va gazni qayta ishlaydigan zavodlar Farg'ona, Oltiariq, Sho'rtan, Mubarak va Ko'kyumaloqda faoliyat ko'rsatmoqda.

Toshko'mir. Yoqilg'i sifatida ishlatilishidan tashqari, undan metallurgist sanoatida rudalardan temirni suyuqlantirib olishda ko'p miqdorda kerak bo'ladigan koks ham tayyorlanadi. Koks olish maxsus koks tayyorlash zavodlarida amalga oshiriladi. Toshko'mir maxsus koks pechlarida havosiz sharoitda 1000'C gacha qizdirib, quruq haydaladi (kokslanadi), bunda uchuvchan moddalar, uglerod va kul aralashmasidan iborat g'ovak birlashma (substansiya) — koks hosil bo'ladi. Bu aralashma 25 — 79'C gacha sovutilganda undan toshko'mir smolasi, ammiak suvi, koks gazi deb ataluvchi gazsimon mahsulotlar olinadi. Toshko'mir smolasi dastlabki vaqtlarda koksokimyo sanoati va gaz sanoati chiqindisi sifatida tashlab yuborilardi, hozir esa undan bir qator organik moddalar olishda manba sifatida foydalaniladi. Buning uchun uni fraksion haydashga berilib, natijada bir necha fraksiyalar: 1) arenlar va ularning hosilalarini (benzol, toluol, kislotalar va b.) tutuvchi, qaynash harorati 170'C gacha bo'lgan yengil moy; 2) fenol, naftalin tutuvchi, qaynash harorati 170 — 230'C oralig'ida bo'lgan o'rta moy; 3) naftalin va uning gomologlarini tutuvchi, qaynash harorati 230 — 270'C oralig'ida bo'lgan og'ir moy; 4) antratsen, fenantren va boshqalarni tutuvchi, qaynash harorati 270 — 350'C oralig'ida bo'lgan antratsen moyi; 5) pek (kuyindi) deb ataluvchi qora qoldiq massa olinadi. Ammiak s~vi ammiak, ammoniy xlorid va karbonatdan iborat suvli eritma bo'lib, undan azoth o'g'itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Koks gazi tarkibiga benzol, toluol, ksilollar, fenol, ammiak, vodorod sulfid, sian birikmalari va boshqa moddalar kiradi. Koks gazidan ammiak, vodorod sulfid, sian birikmalari alohida ajratilgandan so'ng benzol va boshqa qimmatbaho moddalar olinadi. Toshko'mirni to'g'ridan to'g'ri yoqib ishlatish undan foydalanishning samarali yo'li emas. Ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali usul uni gazsimon va suyuq yoqilg'i holiga qayta ishlab, qimmatbaho kimyoviy moddalarini ajratib olib foydalanishdir. Hozirgi vaqtda ko'mirlarni suyuq yoqilg'i — benzin, dizel yoqilg'isi, mazut holida qayta ishlab bera oladigan uskunalar mavjud


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling