sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet152/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 

  1. Murakkab efirlar deb, ikki uglevodorod radikalini -COO-guruh orqali tutashtiruvchi murakkab organik birikmalarga aytiladi.

  2. Ularning umumiy formulasi R-COO-R,.

  3. Ularni karbon kislotalarning gidroksiguruhidagi vodorodi radikalga almashgan hosilalari deb ham qarash mumkin.

Ular nafaqat organik karbon kislotalardan, balki noorganik kislotalardan ham hosil bo'lishi mumkin Nomlanishi. Murakkab efirlar nomlari ko'pincha tuzlar nomlariga o'xshab ketadi. Masalan, CH3COOC,H5 - etilasetat, HCOOCH3 - metilformiat; efir hosil qilgan kislota va spirt nomiga efir so'zi qo'shib ham nomlanadi: CH3COOC2H5- sirka etil efiri, HCOOCH3 - chumoli metil efiri.

Fizik xossalari. Monokarbon kislotalarning murakkab efirlari, odatda, suyuq, xushbo'y meva hidiga ega moddalardir. Masalan, izoamil spirti bilan sirka kislotadan hosil bo'lgan murakkab efir sirkaizoamil efiridan nok hidi, moy kislota bilan etil spirtidan hosil bo'lgan moyetil efiridan ananas hidi, chumoli kislota bilan feniletil spirtidan hosil bo'lgan chumolifeniletil efiridan xrizantema hidi, izovalerian izoamil efiridan olma hidi keladi. Yuqori spirt va yuqori kislotalardan tashkil topgan murakkab efirlar qattiq, hidsiz moddalardir. Odatda, ular suvda yomon, spirt va efirda yaxshi eruvchi moddalar.

Tabiatda uchrashi. Ularning ko'pchiligi efir moylari tarkibiga kirib, meva va gullarning yoqimli hidlari asosini tashkil qiladi.

  • Uch atomli spirt glitserin va yuqori yog' kislotalari efiri - yog'- moylarning asosini tashkil etadi.

  • Yuqori bir atomli spirtlar va yuqori monokarbon kislotalar efirlari- mum va spermatset asosini tashkil etadi.

Olinishi. Tabiiy efirlarni o'simliklardan organik erituvchilar yordamida ajratib olinadi (ekstraksiya).

Murakkab efirlarni sanoatda eterifikatsiya (oldingi mavzuga qarang) reaksiyasi orqali olinadi.

Bu reaksiyada suv kislota gidrokoguruhi va spirt vodorod atomidan hosil bo'ladi.

Kimyoviy xossalari. Murakkab efirlar suv ta'sirida giclroliz yoki sovunlanish reaksiyasiga uchraydi.

Efirlar gidrolizi eterifikatsiyaga teskari jarayon bo'lib, suvga bir oz noorganik kislota yoki ishqor qo'shib qizdirilsa, murakkab efir parchalanadi. Alohida vakillari. Murakkab efirlarning eng ahamiyatli vakillari yog'lar hisoblanadi. Yog'lar uch atomli spirt glitserinning yuqori yog' monokarbon kislotalari bilan murakkab efirlaridir.




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling