sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet155/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa


Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:

 Organik moddalar ichida shunday sinf borki, ularsiz organizmlarda modda va energiya almashinuvini tasavvur qilib bo'lmaydi. Bular uglevodlardir. Uglevodlar inson organizmida energiya manbayi hisoblanadi. Insonlar iste'mol qiladigan oziqning 70% ni uglevodlar (non, kartoshka, guruch, qand) tashkil etadi. Uglevodlardan gazlamalar, qog 'oz tayyorlanadi. Uglevodlar karbonat angidrid va suvdagi yashil o'simliklar organizmida fotosintez jarayonida hosil bo'ladi. O'simliklarning quruq moddasida 80%, inson va hayvonlar organizmida 2% atrofida uglevodlar bo'ladi. Uglevod ruscha so'z bo'lib, uglerod va suv ma'nosini anglatadi. Ular ko'p molekulalarining empirik formulalari bilan bog'liq, ya'ni Cn(H20)m formulaga qaralsa, molekula xuddi uglerod atomi va suv molekulasidan iboratdek tuyuladi (sirka kislota C2(H20)2, formaldegid CH20 yuqoridagi formulaga mos kelsa-da, ular uglevod emas). Lekin, aslida ular murakkab tuzilgan moddalardir va ko'p hollarda ular saxaridlar (qandlar) nomi bilan yuritiladi. • Uglevodlar - uglerod, kislorod va vodoroddan tashkil topgan murakkab moddalardir. Sinflanishi va nomlanishi. Uglevodlar uchta guruhga bo'linadi

:Monosaxaridlar - glukoza, fruktoza ... (gidrolizga uchramaydi).

Disaxaridlar - saxaroza, maltoza... (gidrolizidan ikki molekula monosaxarid hosil bo'ladi).

Polisaxaridlar - kraxmal, selluloza... (gidrolizidan n ta molekula monosa­xaridlar hosil bo'luvchi yuqori molekular birikmalar).

Glukoza Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Glukoza (uzum qandi) - C6H1206- rangsiz, suvda yaxshi eriydigan, shirin ta'mli, kristall modda. O'simliklarning deyarli barcha organlarida: meva, ildiz, barg, gullari, poyasida uchraydi. Ayniqsa, uzum, shakarqamish, qand lavlagi, shirin mevalarda ko'p yig'iladi. Inson qonida 0,1% atrofida glukoza bo'ladi.

• 1811-yilda rus kimyogari K.S.Kirxgof kraxmalni gidrolizlab glukoza olgan.Kimyoviy xossalari. Glukoza aldegidlarga, spirtlarga, halqali birikmalarga xos reaksiyalarga kirisha oladi.Glukoza aldegid kabi qaytaruvchilik xossasiga ega bo'lib, "kumush ko'zgu" reaksiyasini beradi: CH2OH-(CHOH)4-CHO + Ag20 CH2OH-(CHOH)4-COOH + 2Agl

Bijg'ish. Glukoza bioorganik katalizatorlar - fermentlar ta'sirida bijg'ishga uchraydi. Bijg'ishning bir necha turi ma'lum: spirtli, kislotali va b. Masalan, achitqi fermentlari ta'sirida glukoza spirtli bijg'ishga uchraydi, natijada etanol va karbonat angidrid hosil bo'ladi: Boshqa fermentlar ta'sirida sirka kislota, moy va sut kislotalari, izopropil spirti, aseton hosil bo'lishi mumkin.

Oksidlanishi. Inson va hayvonlar organizmida glukoza oksidlanishi natijasida hayotiy faoliyat uchun zarur bo'lgan energiya ajralib chiqadi. Olinishi va ishlatilishi. Sanoatda glukozani kraxmal va kletchatkani (o'simliklar biriktiruvchi to'qimasi, asosan, sellulozadan iborat bo'ladi) gidrolizlab olinadi. (Polisaxaridlar mavzusiga qarang.)

Glukozani tibbiyotda, qandolat mahsulotlari, oyna va yaltiroq o'yinchoqlar ishlab chiqarishda (kumush ko'zgu reaksiyasi), gazlama va ten mahsulotlariga ishlov berishda ishlatiladi. Fruktoza

Fruktoza (meva qandi C6Hp06) - rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi, glukozadan shirinroq, asal, sabzavot va mevalarda uchraydi. Fruktoza - ketospirt bo'lib, geksoketozalarga kiradi, glukozaning izomeri.
Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Saxaroza (qand lavlagi yoki shakarqamish qandi c12h22on) va maltoza (sut qandi c12h22on) - oq kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Saxaroza shakarqamish poyalarida, oq qayin shirasi va ko'plab mevalar, poliz ekinlari tarkibida uchraydi. Maltoza esa, asosan, hayvon sutida bo'ladi.

Tuzilishi. Saxaroza halqa shaklidagi glukoza va fruktoza monosaxaridlarining, maltoza esa ikki molekula glukozaning birikishidan tashkil topgan disaxarid moddalardir.

Saxaroza va maltoza molekulalarida aldegid guruh ham, karbonil guruh ham, poluasetal gidroksiguruh ham yo'q. Ularda faqat spirt gidroksiguruhlari mavjud bo'lib, kimyoviy xossalari monosaxaridlarnikidan farq qiladi.



Kimyoviy xossalari. Saxaroza va maltoza vodorod ionlari ishtirokida qizdirilganda gidrolizga uchraydi. Saxaroza ikkita monosaxarid - glukoza va fruktozani, maltoza esa ikki molekula glukozani hosil qiladi:

c12h22on + h2o - c6h12o6 + c6h12o6

saxaroza glukoza fruktoza

Shuning uchun ular disaxaridlar deb ataladi.Disaxaridlar metallar gidroksidlari bilan oson ta'sirlashadi. Masalan, saxaroza eritmasini mis (Il)-gidroksid ustiga quyilganda, yorqin havorang mis saxarati hosil bo'ladi:

c12h22on + Cu(oh), - c12h20o9<°>cu + 2h20

o

Saxaroza eritmasini kalsiy gidroksid suspenziyasi bilan ta'shiashuvidan suvda eruvchan kalsiy saxarat olinadi.Disaxaridlar monosaxaridlardan «kumush ko'zgu» reaksiyasini bermasligi va boshqa qaytaruvchilar ta'sirida qaytarilmasligi bilan farq qiladi.



Olinishi va ishlatilishi. Saxaroza maxsus zavodlarda qand lavlagi va shakarqamishdan olinadi, maltoza hayvon sutidan va polisaxaridlar gidrolizi oraliq mahsulotlaridan ajratib olinadi. Ulardan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling