sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar
Download 0.65 Mb.
|
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichlar Vaqti 1
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Komir Angren, Shargun va Boysun konlaridan qazib olinadi.
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Tabiatda tarqalishi. Uglerod tirik organizmlarning asosiy tarkibiy qismidir. Neft, tabiiy gaz, torf, ko'mir, yonuvchi slanes kabi foydali qazilmalar uglerodning turli xil birikmalaridir. Ayniqsa toshko'mir uglerodga eng boy tabiiy foydali qazilmadir. Yer sharida juda ko'p tarqalgan ohaktosh CaC03 va dolomit CaC03MgC03 lar ham uglerodning tabiiy birikmalaridir.Uglerodning Yer qobig'idagi miqdori 0,023% ni tashkil qiladi. Atmosferasida karbonat angidrid uchraydi, u o'simliklarning yashil barglarida fotosintezlanib turli xildagi uglevodlarga aylanadi. 6C02 + 6H20 = C6H1206 + 602 Fotosintez natijasida hosil bo'lgan C6H1206 dan o'simliklarning tanasini (poya, yog'och) tashkil qiluvchi selluloza, kraxmal (bug'doy, sholi, kartoshka), disaxaridlar (shakarqamishda, qand lavlagida), glukoza va fruktoza (mevalarda, uzumda) hosil bo'ladi. O'zbekiston ko'mir zaxiralari bo'yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o'rinda turadi. Ko'mir Angren, Sharg'un va Boysun konlaridan qazib olinadi. O'zbekistonda ko'mirning geologik zaxiralari 2 milliard tonnadan ortiq. Fizik xossalari. Uglerod har qanday allotropik shakl o'zgarishida ham hidsiz, ta'msiz, qiyin suyuqlanadigan va odatdagi erituvchilarda erimaydigan modda. Suyuqlanish harorati 3550°C (olmos), qaynash harorati 4830°C (sublimatlanadi); zichligi 3513 kg/mi (olmos), 2260 kg/m3 (grafit); izotop soni 8 (9-»16). Aclsorbsiya. Pistako'mir yuqori adsorbsiyalovchi xossaga ega. Adsorbsiya qobiliyati yuza maydoniga bog'liq bo'ladi. Ko'miming adsorbentlik xossasini kuchaytirish uchun uni o'ta qizigan suv bug'i bilan faollashtiriladi. Bunda ko'mirning g'ovak bo'shliqlaiini to'ldiiib turgan moddalar chiqarib yuborilib, yutish yuzasi orttiriladi. Faollashtirilgan ko'mir havodagi va gazlar aralashmasidagi uchuvchan zaharli moddalarni yutishda (protivogaz); inson organizmidan zararli moddalami tozalashda (qonni, hazm organlarini tozalash); oziq-ovqat mahsulotlarini (yog'-moylarni) tozalashda ishlatiladi.N.D.Zelinskiy birinchi jahon urushi yillarida zaharli kimyoviy moddalarga qarshi aktivlashtiiilgan ko'mirdan foydalanib, protivogazni ixtiro qildi. Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda uglerod uncha faol emas. Qizdirilganda ko'plab moddalar: kislorod, oltingugurt, azot, metallar, metall oksidlari bilan ta'sirlashadi; uglerod ftor bilan bevosita ta'sirlashadi (boshqa galogenlar bilan ta'sirlashmaydi). 2F, + C = CF4 (uglerod (IV)-ftorid) Kislorod bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib ikki xil oksid hosil qiladi: C + 02 = C02 + 412 kJ; C02 + C = 2CO-160 kJ 900-1000°C haroratda oltingugurt bilan birikadi: C + 2S = CS2 Azot atmosferasida ikki grafit elektrodi orasida elektr yoyi razryadi o'tkazilganda, clisian (CN), hosil bo'ladi: 2C + N2 = (CN), Metallar uglerod bilan karbidlar hosil qiladi: Ca + 2C = CaC2 Karbidlar uglerodning metall oksidlari bilan ta'sirlashuvida ham hosil bo'ladi: 2A1203 + 9C = A14C3 + 6CO CaO + 3C = CaC2 + CO qattiqlik, yuqori haroratlarga chidamlilik, kimyoviy barqarorlik kabi xususiyatlarga ega.Si02 ni grafit bilan elektr pechida qaytarilganda kremniy karbid - juda qattiq, suyuqlanmaydigan, kimyoviy barqaror modda - karborund olinadi: Si02 + 3C = SiC + 2CO Uglerod - kuchli qaytaruvchi. Metall oksidlari bilan ta'sirlashganda metallarni erkin holgacha qaytaradi: CuO + C = Cu + CO Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling