sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet31/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:   

Ohaktoshdan kimyoviy usullar bilan qanday mahsulotlar olish mumkin?

Uglerodning noorganik birikmalari tabiatda keng tarqalgan bo'lib, ko'plab minerallar, tog' jinslari, havo tarkibidagi karbonat angidrid tarzida uchraydi. Uglerodning noorganik birikmalaridan ayrimlari xalq xo'jaligining turli sohalari uchun muhim xomashyo bo'lib hisoblanadi. Uglerodning organik birikmalarisiz inson hayotini tasavvur qilish qiyin. Ulardan eng muhimlari uglerodning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari uglevodorodlar deb ataladi va ular turlicha tarkibga ega bo'ladi. Biz ularni organik kimyo kursida o'rganamiz.

Uglerod kislorod bilan ikkita oksid: uglerod (Il)-oksid CO va uglerod (IV)- oksid C02 hosil qiladi. Ularning fazoviy tuzilishlari chiziqli ko'rinishga ega (C=0 va 0=C=0).



Uglerod (Il)-oksid CO (is gazi) - rangsiz, hidsiz, o'ta zaharli, havodan yengil, suvda kam eriydigan gaz. Befarq oksidlar sinfiga mansub. Uglerod (Il)-oksid uglerod (IV)-oksidning havo yetishmagan sharoitda, 450°C dan yuqori haroratda cho'g'lanib turgan ko'mir bilan ta'sirlashishidan hosil bo'ladi:C02 + C = 2CO -160 kJ Havoda va kislorodda uglerod (Il)-oksid moviy rang alanga hosil qilib yonadi:2CO +02 = 2C02 + 572 kJ Uglerod (Il)-oksid ham uglerod kabi qaytaruvchidir. U 300-1500°C da metallaming oksidlarini metallargacha qaytaradi: FeO + CO = Fe + C02 2CO +Sn02 = 2C02 + Sn Is gazi qon tarkibidagi gemoglobin bilan kislorodga qaraganda oson biiikadi. Buning natijasida organizmning kislorod bilan ta'minlanishi qiyinlashadi. Bunday holatda uzoq vaqt is gazidan nafas olinsa, o'limga olib keladi.Uglerodning bu oksididan sanoatda metallarni metall oksidlaridan qaytarib olishda, sun'iy yoqilg'ilaming tarkibiy qismi sifatida, organik sintezda foydalaniladi.

Uglerod (IV)-oksid CO, (karbonat angidrid) rangsiz, hidsiz, havodan og'ir gaz. Karbonat angidridni havoga nisbatan zichligi 1,52 ga teng. 5,76'106 Pa va 20°C da rangsiz suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik bug'langanda ko'p miqdorda issiqlik yutiladi va karbonat angidrid oq qattiq massa (quruq muz) ga aylanadi.

Olinishi. Laboratoriyada uglerod (IV)-oksid kalsiy karbonat (bo'r, ohaktosh bo'lakchalari, marmar) ga xlorid kislota ta'sir ettirib olinadi :CaC03+ 2HC1 CaCl2+ CO,T + H,0

Sanoatda ohaktoshni kuydirib olinadi:CaC03 CaO + C02|

Tabiatda hay von va o'simliklarning nafas olishida, organik qoldiqlarning chirishida, yonish jarayonlarida hosil bo'ladi.Karbonat angidrid kislotali oksid xossasini namoyon qiladi. U suvda erib, karbonat kislota hosil qiladi:

C02 +H20 = H2CO3 Metall oksidlari va asoslar bilan reaksiyaga kirishib tnz hosil qiladi: 2NaOH + C02 = Na,C03 + H20 NaOH + C02 = NaHC03 CaO + C02 = CaC03 Ohakli suv orqali karbonat angidrid o'tkazilganda, loyqalanish kuzatiladi (CO, uchun sifat reaksiyasi): Ca(OH)2 + C02 = CaC03l + H20 Yonishga yordam bermaydi. Ba'zi moddalargina, masalan, magniy unda yonishi mumkin: 2Mg + CO, = 2MgO + C




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling