sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A
Download 0.65 Mb.
|
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Ma'lumki, sayyoramiz yuzasining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayoni arming ajralmas qismi bo'lgan suv ma'lum darajada tozalashdan o'tkazilishi lozim. Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo'shimchalar mavjud bo'ladi. Qattiq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari ko'p bo'lgan suv. Yumshoq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo'lmagan yoki juda kam bo'lgan suv. Qattiq suv ko'p texnik maqsadlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug' qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi. Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg'i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Qattiq suvda sovun ko'pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Qattiq suvda go'sht, sabzavotlar, don mahsulotlari yaxshi pishmaydi, sifatli choy tayyorlab bo'lmaydi. Suvda vaqtinchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi. • Vaqtinchalik qattiqlik - suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlar [Ca(HC03)2; j Mg(HC03)2] mavjudligi bilan bog'liq. Doimiy qattiqlik - suvda magniy va kalsiy sulfatlar va xloridlar [CaS04, CaCl2; MgS04, MgClJ mavjudligi bilan bog'liq. Kalsiy qattiqligi - suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog'liq. Magniy qattiqligi - suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog'liq. Umumiy qattiqlik - suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig'indisi. Sanoatda suvning qattiqligini yo'qotish uchun ion almashinuv usuli qo'llaniladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling