sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet92/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:

 Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Aluminiy davriy sistemaning III guruhi bosh guruhchasida 13-tartib raqami bilan joylashgan. Kimyoviy belgisi- Al. Nisbiy atom massasi 26,9815 ga teng. Aluminiy p-elementlar oilasiga kiradi. Atom tuzilishi. Aluminiyning tashqi elektron pog'onasida uchta elektron bor. Kimyoviy reaksiyalarda uchta elektronini berib, aluminiy +3 zaryadlangan ionga aylanadi. Barcha barqaror birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tabiatda tarqalishi. Aluminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, Yer qobig'idagi massa ulushi 7,45 % ni tashkil etadi. Erkin holda uchramaydi. Tarkibida aluminiy tutgan 250 dan ortiq mineral borligi ma'lum. Aluminiyning asosiy qismi alumosilikatlar shaklida uchraydi.Alumosilikatlarga dala shpcitlciri K/J-Al/J/^SiO, yoki K(AlSi308), slyudcrfar K20-2H20-3Al203-6Si02 yoki KAl2(AlSi3O10)(OH), kiradi. Alumosilikatlarning nurashi natijasida gillar hosil bo'ladi, masalan, oq gil - kaolin Al10/2Si01-2H10- Odatda, gillar qo'shimchalar tutadi. Korund mineralida aluminiy A1203 shaklida bo'ladi. Boksitlar - AL,03nH,0 tog' jinslari ham aluminiy tutadi. Ular tarkibida qo'shimcha sifatida temir, marganes, kremniy oksidlar bo'ladi. Aluminiy aluminiy oksid, boksitlar va nefelin (Na,K)10-Al103-2Si01 yoki (K, Na) [AlSiOJdan olinadi.Aluminiy muskul to'qimasida 0,07-2,8-10 4 %, ilikda (4-27)-10 4 %, qonda 0,39 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 2,45 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 61 mg miqdorda bo'ladi.Olinishi.. Suyuqlanmadan 5-8 volt kuchlanishdagi, 80000 ampergacha tok kuchiga ega bo'lgan doimiy tok o'tkaziladi. Bunda katodda aluminiy, anodda kislorod ajraladi, kislorod ugleroddan tayyorlangan anod bilan ta'sirlashadi:Al+3 + 3e Al° 20 2 - 4e 0°; 02 + C C02 Sanoatda ishlatiladigan elektrolizyor po'latdan tayyorlangan bo'lib, uning ichi ko'mir bilan qoplangan, ko'mir qatlami manfiy qutbga ulanib, katod vazifasini bajaradi. Suyuqlanmaga tepadan tushiriladigan qalin ko'mir plastinkalari anod vazifasini bajaradi. Anod vaqt o'tishi bilan yemirilib boradi, shuning uchun uni vaqti-vaqti bilan o'stirib almashtiiib turiladi. Elektrolizyor uzluksiz ishlaydi. Aluminiy oksid ham elektro- lizyorga uzluksiz yetkazib beriladi. Har 2-3 sutkadan so'ng hosil bo'lgan aluminiyni vakuum yordamida kovshga quyib olinadi. Olingan aluminiy temir, kremniy va boshqa metall tabiatga ega bo'lmagan, gazsimon qo'shimchalar bilan ifloslangan holda bo'ladi; keyingi bosqichda uni qayta suyuqlantirish va elektroliz yo'li bilan tozalab olinadi.Aluminiy oksidni kriolit (Na3AlF6)ning suyuqlanmasidagi eritmasini elektroliz qilib aluminiy olishda chiqindi sifatida ftor va uning birikmalari ajralib chiqadi. Bu atrof-muhitni zahaiii ftor birikmalari bilan ifloslantiradi.Aluminiy olish juda ko'p elektr energiyasini talab qiladi: 1 tonna aluminiy olish uchun 20000 kVt/soat energiya sarf qilinadi.Fizik xossalari. Aluminiy - kumushsimon oq rangli, qattiq metall. Aluminiy yaxshi bolg'alanadi, undan sim tortish oson, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 660,5°C, zichligi 2698 kg/m3; izotop soni 11 (22-31); Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda aluminiy havoda o'zgarmaydi, chunki u havoda tezda oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi

:4A1 + 302 — 2A1203

Agar oksid pardasi olib tashlansa, aluminiy suv bilan oson reaksiyaga kirishadi, vodorod ajratib chiqaradi:

2A1 + 6H20 — 2A1(0H)3 + 3H2

| Aluminiy ishqorlaming suvli eritmalari bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi:

2A1 + 2NaOH + 6H20 — 2Na[Al(OH)4] + 3H2

| Aluminiy qizdirilganda galogenlar, fosfor, oltingugurt, azot, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi:

2A1 + N2 — 2A1N aluminiy nitrid

A1 + P — A1P aluminiy fosfid

2A1 + 3S — A12S3 aluminiy sulfid

4A1 + 3C — A14C3 aluminiy karbid
2A1 + 3CI, — 2A1C13 aluminiy xlorid

Ishlatilishi. Aluminiy va uning qotishmalari yengilligi va havo, namlik ta'siriga chidamli bo'lganligi uchun xalq xo'jaligida keng ishlatilad.




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling