sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet58/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:

 Qotishmalar - suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo'lgan eritmalar. Qotishmalar kristall tuzilishga ega bo'ladi. Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta'siriga chidamli turlarga bo'linadi. Metallar qotishmalarining issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi yuqori bo'ladi. Qotishmalaniing xossalari ular tarkibini tashkil qiladigan moddalaming xossalaiiga bog'liq. 99 % mis va 1 % berilliydan tashkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo'ladi. 50,1 % vismut, 24,9 % qo'rg'oshin, 14,2 % qalay, 10,8 % kadmiydan iborat qotishma 65,5°C da suyuqlanadi (vismut - 271,3°C, qalay - 231,9°C, kadmiy - 320,9°C, qo'rg'oshin - 327,4°C da suyuqlanadi). Rux, mis, aluminiy alohida bo'lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 50 % mis, 45 % aluminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi. Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog'liq bo'ladi. Kristallanganda ba'zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba'zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog'lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi. Gomogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu-Au, Ag-Au, Na-K, Bi-Sb).




Qotishmalar nomi

Qotishmalarning foiz tarkiblari, %

Qotishmalarning ishlatilish sohalari

Duraluminiy

A1 95, Cu 4, Mg, Mn, Fe, Si, 0,5

Samolyotsozlikda

Marganesli po'lat

Fe 83, Mn 12, C 1

Shesternalar tayyorlash va maydalashda

Xromli po'lat

Fe 83,7, Cr 12, C 0,3

Zanglamaydigan po'lat

sifatida


Volframli po'lat

Fe 70-85, W 12-23, Cr 2-6, C 0,5-0,6

Tez kesar asboblar

tayyorlashda



Qo'rg'oshinli babbit

Pb 80-82, Sn 16-18

Podshipniklar tayyorlashda

Qalayli babbit

Sn 82-84, Sb 10-12, Cu 6

Mashinasozlikda

Aralash babbitlar

Pb 64-66, Sn 15-17, Cu 0,3

Mashinasozlikda va turli

quymalar tayyorlashda



Nixrom nomli po'lat

Ni 67, Fe 16, Cr 15, Mn 15

Elektr bilan qizdiriladigan asboblar tayyorlashda

Bosmaxona qotishmasi

Pb 55-75, Sb 15-25, Sn 10-20

Bosmaxonada


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling