sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar
Download 0.65 Mb.
|
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichlar Vaqti 1
- Foydalanilgan adabiyotlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Qotishmalar - suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo'lgan eritmalar. Qotishmalar kristall tuzilishga ega bo'ladi. Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta'siriga chidamli turlarga bo'linadi. Metallar qotishmalarining issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi yuqori bo'ladi. Qotishmalaniing xossalari ular tarkibini tashkil qiladigan moddalaming xossalaiiga bog'liq. 99 % mis va 1 % berilliydan tashkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo'ladi. 50,1 % vismut, 24,9 % qo'rg'oshin, 14,2 % qalay, 10,8 % kadmiydan iborat qotishma 65,5°C da suyuqlanadi (vismut - 271,3°C, qalay - 231,9°C, kadmiy - 320,9°C, qo'rg'oshin - 327,4°C da suyuqlanadi). Rux, mis, aluminiy alohida bo'lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 50 % mis, 45 % aluminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi. Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog'liq bo'ladi. Kristallanganda ba'zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba'zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog'lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi. Gomogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu-Au, Ag-Au, Na-K, Bi-Sb).
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling