Sinf: Fan nomi: Mavzu:“Uchburchak” Darsning maqsadlari: Ta`limiy


Download 1.88 Mb.
bet2/4
Sana26.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1232243
1   2   3   4
Bog'liq
uchburchaklarning ichki burchaklari

YANGI DARSNING BAYONI


1. Faollashtiruvchi mashq. Rasmda tasvirlangan uchburchaklar ichki burchaklarinini transportir yordamida o'lchang va ularning yig'indisini hisoblang. Natijalar asosida jadvalni to'ldiring.
2. Bir varaq qog'ozga ixtiyoriy uchburchak chizing. Uning burchaklarini qirqib olib yonma-yon qo'ying. Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?


O’qituvchi ma’ruzasi: Uchburchak - bir toʻgʻri chiziqda yotmagan uchta nuqta va uchlari shu nuqtalarda boʻlgan uchta kesmadan yasalgan figura. Berilgan nuqtalar U.ning uchlari, uchlarini tutashtiruvchi kesmalar U.ning tomonlari, tomonlari orasidagi uchta burchak U.ning burchaklari deyiladi. Uchala tomonioʻzarotengboʻlganU. teng tomonli (rayem, a), ikki tomoni teng boʻlsa, teng yonli (rayem, b) U. deyiladi. Uchala burchagi oʻtkir boʻlgan U. oʻtkir burchakli (rayem, v), burchaklaridan biri toʻgʻri boʻlsa, toʻgʻri burchakli (rayem, g), burchaklaridan biri oʻtmas boʻlsa, oʻtmas burchakli (rayem, d) deyiladi. U.da faqat bitta toʻgʻri yoki oʻtmas burchak boʻladi (chunki U.ning barcha burchaklari yigʻindisi ikki toʻgʻri burchak, yaʼni 180° yoki radian oʻlchovida ya ga teng). U.ning yuzi S = u ah ga teng [a — U. tomonlaridan biri, h — esa oʻsha tomonga tushirilgan balandlik (rayem, ye)]. U. har tomonining uzunligi qolgan ikki tomon uzunliklari yigʻindisidan kichik, ayirmasidan esa kattadir. Quyidagi shartlardan biri bajarilsa, ikki U. teng boʻladi: 1) tomonlari moye ravishda teng; 2) ikkitadan tomonlari va bu tomonlar orasidagi burchaklari teng; 3) bittadan tomonlari va bu tomonga yopishgan ikkitadan burchaklari teng . U.larning koʻpgina boshqa xossalarini trigonometriya, sferik geometriya, sferik trigonometriya va boshqa sohalarda oʻrganiladi.
Uchburchak geometrik figuralardan biri boʻlib, bir toʻgʻri chiziqda yotmaydigan uchta nuqta va shu nuqtalarni ketma-ket tutashtirishdan hosil boʻlgan figura. Nuqtalar uchburchakning uchlari, kesmalar esa uning tomonlari hisoblanadi. Uchburchak uning uchlarini koʻrsatish bilan belgilanadi. ”Uchburchak” soʻzi oʻrniga baʼzan Fayl:Trianglen.jpg belgidan foydalaniladi.
Uchburchak tomonlarining uzunligiga koʻra, uch xil boʻladi:

  • Teng tomonli uchburchak — uchala tomon uzunliklari teng boʻlgan uchurchak. Uning hamma ichki burchaklari teng yani, 60°.

  • Teng yonli uchburchak — tomonlaridan ikkitasi teng boʻlgan uchburchak. Teng tomonlari qarshisidagi burchaklari ham oʻzaro teng.

  • Turli tomonli uchburchak — uchala tomoni uzunliklari turlicha boʻlgan uchburchak. Ularning burchaklari ham turlicha.










Teng tomonli

Teng yonli

Turli tomonli

Uchburchak burchaklarining kattaliklariga koʻra uch xil boʻladi:



  • To'g'ri burchakli uchburchak — burchaklaridan biri 90° boʻlgan uchburchak.Toʻgʻri burchakli uchburchakning toʻgʻri burchagi qarshisida yotuvchi tomoni gipotenuza, qolgan ikki tomoni katetlari deb ataladi.

  • O’tmas burchakli uchburchak — burchaklaridan biri 90°dan katta (o’tmas burchak) boʻlgan uchburchak.

  • O’tkir burchakli uchburchak — burchaklaridan biri 90°dan kichkina (o’tkir burchak) boʻlgan uchburchak.



Teorema . Uchburchak ichki burchaklarining yig'indisi 180º ga teng.
ΔABC:
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling