Sinf majlislarining bayonnomalari


Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi


Download 0.72 Mb.
bet24/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. IV chorakva o`quv yili yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb topilsin.
2. Yozgi ta`tilni maroqli otkazib , berilgan topshiriqlarni puxta bajarish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilariga yozgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. U o`quvchilarga yozgi ta`til vaqtida badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, tungi internet xonalariga bormasligini, cho`milish mumkin bo`lmagan suv havzalarida cho`milmasligi lozimligi haqida to`xtalib o`tdi.




Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:


1. Sinf o`quvchilariga yozgi ta`tilni maroqli o`tkazish uchun yuqoridagi qoidalarga amal qilishlari lozimligi uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish
maqsadida yozgi ta`tilda turli to`garak va mashg`ulotlarga jalb qilinsin.

Yig`ilish raisi Nazarova G


Kotib Narzulloyev H.


Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 1-“B”
sinfida bo`lib o`tgan 9 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
25 – may 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Sohibova M
Kotib Aliyeva S
Qatnashdilar: 1-“B”sinf o`quvchilari


Kun tartibida ko`riladigan masalalar:

1. IV chorak va yil yakuni, kelgusi o`quv yiliga tayyorgarlik.


2. O`quvchilarini yozgi dam olishlarini mazmunli tashkil etish.


Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Sohibova so`zga chiqdi. Sinf rahbari IV chorakva o`quv yili yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. IV chorak 28--martda boshlanib, 25-may kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 21 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 12 nafarini o`g`il bolalar, 9 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. IV chorakda reja bo`yicha dars soati 168soatni, jami o`quv soati esa 3528 soatni tashkil etdi O`quvchilar o`quv yili davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Aliyeva Sokina, Hikmatullayeva Laylo, Abdumalikova Oydin, Abduraximov Azamat, Ashurmahmatov Samariddin, Saidov Nodirbek, Imomova Sabrina , Irkinjonova Mohinur , Muhammadiyeva Bibisora, Sa`dullayeva Marjona va Haydarqulov Kamronlar yaxshi o`qish hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Nurmatov Dilovar va Ubaydullayeva Shodiyonalar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, IV chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 99 % ni,umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. IV chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quv yili yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 97 % ni, umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. O`quv yili yakunini yaxshi deb baholaymiz.
O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, kelgusi o`quv yilida ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling