Sinf majlislarining bayonnomalari
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1.
QAROR QILADI:
“Nazoratsizlik huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi sinf rahbarining ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Farzandlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan va sport to‘garaklariga jalb qilish barcha ota- onalar zimmasiga yuklatilsin . Ota - onalarning huquqiy bilimlari boyitib borilsin. Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilarining ota-onalariga bahorgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. U ota-onalarga ta`til vaqtida farzandlarini badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, suv havzalari atrofida qo`y, mol boqishga bormasligini nazorat qilishlarini aytib o`tdi. Ularga hamma vaqt hushyor bo`lishlari kerakligini uqtirdi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. Ta`tilni maroqli o`tkazishi uchun farzandlarini yuqoridagi qoidalarga amal qilishlarini nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. 2. Sinf o`quvchilarini bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun ta`til vaqtida turli fan to`garaklari va mashg`ulotlarga jo`natish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin Yig`ilish raisi Tosheva Z Kotib Sohibova M. Sariosiyo tumani 24-sonli umumta`lim maktabi 1- “B” sinf o`quvchilari ota- onalarining 5 - sonli yig`ilish BAYONNOMASI 28- may 2021-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Tosheva Z. Kotib M. Sohibova Qatnashdilar: 1-“B” sinf o`quvchilarining ota-onalari KUN TARTIBI 1. IV chorak va yil yakuni, kelgusi o`quv yiliga tayyorgarlik. 2. O`quvchilarini yozgi dam olishlarini mazmunli tashkil etish. Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Sohibova so`zga chiqdi. Sinf rahbari IV chorakva o`quv yili yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. IV chorak 28--martda boshlanib, 25-may kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 21 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 12 nafarini o`g`il bolalar, 9 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. IV chorakda reja bo`yicha dars soati 168soatni, jami o`quv soati esa 3528 soatni tashkil etdi O`quvchilar o`quv yili davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Aliyeva Sokina, Hikmatullayeva Laylo, Abdumalikova Oydin, Abduraximov Azamat, Ashurmahmatov Samariddin, Saidov Nodirbek, Imomova Sabrina , Irkinjonova Mohinur , Muhammadiyeva Bibisora, Sa`dullayeva Marjona va Haydarqulov Kamronlar yaxshi o`qish hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Nurmatov Dilovar va Ubaydullayeva Shodiyonalar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, IV chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 99 % ni,umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. IV chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quv yili yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 97 % ni, umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. O`quv yili yakunini yaxshi deb baholaymiz. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, kelgusi o`quv yilida ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling