Sinf majlislarining bayonnomalari
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Narzulloyeva so`zga chiqdi. Sinf rahbari III chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. III chorak 11-yanvarda boshlanib, 20-mart kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 19 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 6 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida fanlarni yaxshi o`zlashtirib, quyidagi natijalarga erishdilar. O`quvchilarning 12 nafari 5 bahoda, 5 nafari 4 bahoda, 2 nafari 3 bahoda yakunladilar .Ular fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Abdurahmonov Shohruh, Abdurahmonov Jahongir, Abduraimov Oloviddin Salohiddinov Humoyun, Jabborov Abduzohid , Sultonova Sabrina, Sa`dullayeva Ruhayda, Ismatova Gulsevar, Xurramov Nodirbek, Habibullayev Javohir, Ubaydullayeva Charos va Usmonov Afzallar yaxshi o`qishi hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Ashurov Mustafo va lar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, III chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 89,4 % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. III chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman. Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi: 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik; 4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb topilsin. 2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`z ochib kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik haqida quyidagilarni gapirdi. Har qanday jinoyatlarning ro‘y bеrishi oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Tarbiyaviy mavzulardagi ko‘pgina davra suhbatlarida ba’zan "Jinoyatlarning kеlib chiqish omillari nimalardan iborat- dеgan savol bеrib qolinadi. Unga javob bеrish uchun esa bir oz fikrni kеngroq olish va atroflicha muloxaza yuritishga to‘g‘ri kеladi. Ruhiyatshunoslar u yoki bu turdagi jinoyat, yoxud jinoiy holat o‘z-o‘zidan kеlib chikmasligini, ular birinchi navbatda shaxsning ruhiy holati, uning ahloqiy mеzonlari bilan boglik, xolda yuzaga kеlishini ta’kidlashadi. Ba’zilar jinoyatni еtishmovchilik orqasida yuzaga kеluvchi illat dеb ta’riflashadi. Bu fikrga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Tarixiy manbalarga, qolavеrsa, kеksalarning izohlariga qaraganda urush yillarida, bir burda nonga zor bo‘lingan davrlarda ham inson shaxsida imon saqlanib qolgan va shu tufayli o‘g‘irlik yoki birovlarning mulkiga tajovvuz qilish holati bo‘lmagan. Kishilar o‘g‘irlik yoki boshqa bir jinoiy holatga qo‘l urishni o‘zlariga nomus dеb bilganlar. Och qolgan taqdirlarida ham xaromdan hazar qilishgan. Dеmak, jinoyat qanday darajada yoki turda bo‘lmasin, u birinchi navbatda inson shaxsidagi salbiy tarbiyaviy ta’sir natijasida kеlib chiqadi,-dеb izohlamoq, lozim bo‘ladi. Shu sababli ham bola tug‘ilgan dastlabki soatlardanoq uning tarbiyasiga to‘g‘ri yondasha bilish zarur. Jismoniy tarbiya salomatlikda qanchalar muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, ahloqiy-ma’naviy tarbiya ham inson kamolida shunchalar muhim ahamiyatga egadir. Yig‘ilish qatnashchilarining fikr va mulohazalari inobatga olinib yig‘ilish Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling