Sinf majlislarining bayonnomalari
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1.
QAROR QILADI:
“Nazoratsizlik huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi sinf rahbarining ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Farzandlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan va sport to‘garaklariga jalb qilish barcha ota- onalar zimmasiga yuklatilsin . Ota - onalarning huquqiy bilimlari boyitib borilsin. Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilarining ota-onalariga bahorgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. U ota-onalarga ta`til vaqtida farzandlarini badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, suv havzalari atrofida qo`y, mol boqishga bormasligini nazorat qilishlarini aytib o`tdi. Ularga hamma vaqt hushyor bo`lishlari kerakligini uqtirdi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. Ta`tilni maroqli o`tkazishi uchun farzandlarini yuqoridagi qoidalarga amal qilishlarini nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. 2. Sinf o`quvchilarini bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun ta`til vaqtida turli fan to`garaklari va mashg`ulotlarga jo`natish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish raisi D. Saidova Kotib Narzulloyeva I Sariosiyo tumani 24-sonli umumta`lim maktabi 1- “B” sinf o`quvchilari ota- onalarining 4 - sonli yig`ilish BAYONNOMASI 28- mart 2021-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Tosheva Z. Kotib M. Sohibova Qatnashdilar: 1-“B” sinf o`quvchilarining ota-onalari KUN TARTIBI 1. III chorak yakuni IV chorak vazifalari 2.Farzandlarni huquqbuzarlikka, jinoyatchilikka kirib qolmasliklarida ota –onaning o`rni 3. Ta`til vazifalari Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Sohibova so`zga chiqdi. Sinf rahbari III chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. III chorak 11-yanvarda boshlanib, 20-mart kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 21 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 12 nafarini o`g`il bolalar, 9 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. III chorakda reja bo`yicha dars soati 206 soatni, jami o`quv soati esa 4326 soatni tashkil etdi. O`quvchilar o`quv yili davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Aliyeva Sokina, Hikmatullayeva Laylo, Abdumalikova Oydin, Ashurmahmatov Samariddin, Saidov Nodirbek, Imomova Sabrina , Muhammadiyeva Bibisora, Sa`dullayeva Marjona va Haydarqulov Kamronlar yaxshi o`qish hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Nurmatov Dilovar va Ubaydullayeva Shodiyonalar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, III chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 85,7 % ni, umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 97,8 % ni tashkil etdi. III chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman. Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi: 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik; 4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb topilsin. 2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`z ochib kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik haqida quyidagilarni gapirdi. Har qanday jinoyatlarning ro‘y bеrishi oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Tarbiyaviy mavzulardagi ko‘pgina davra suhbatlarida ba’zan "Jinoyatlarning kеlib chiqish omillari nimalardan iborat- dеgan savol bеrib qolinadi. Unga javob bеrish uchun esa bir oz fikrni kеngroq olish va atroflicha muloxaza yuritishga to‘g‘ri kеladi. Ruhiyatshunoslar u yoki bu turdagi jinoyat, yoxud jinoiy holat o‘z-o‘zidan kеlib chikmasligini, ular birinchi navbatda shaxsning ruhiy holati, uning ahloqiy mеzonlari bilan boglik, xolda yuzaga kеlishini ta’kidlashadi. Ba’zilar jinoyatni еtishmovchilik orqasida yuzaga kеluvchi illat dеb ta’riflashadi. Bu fikrga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Tarixiy manbalarga, qolavеrsa, kеksalarning izohlariga qaraganda urush yillarida, bir burda nonga zor bo‘lingan davrlarda ham inson shaxsida imon saqlanib qolgan va shu tufayli o‘g‘irlik yoki birovlarning mulkiga tajovvuz qilish holati bo‘lmagan. Kishilar o‘g‘irlik yoki boshqa bir jinoiy holatga qo‘l urishni o‘zlariga nomus dеb bilganlar. Och qolgan taqdirlarida ham xaromdan hazar qilishgan. Dеmak, jinoyat qanday darajada yoki turda bo‘lmasin, u birinchi navbatda inson shaxsidagi salbiy tarbiyaviy ta’sir natijasida kеlib chiqadi,-dеb izohlamoq, lozim bo‘ladi. Shu sababli ham bola tug‘ilgan dastlabki soatlardanoq uning tarbiyasiga to‘g‘ri yondasha bilish zarur. Jismoniy tarbiya salomatlikda qanchalar muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, ahloqiy-ma’naviy tarbiya ham inson kamolida shunchalar muhim ahamiyatga egadir. Yig‘ilish qatnashchilarining fikr va mulohazalari inobatga olinib yig‘ilish Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling