Sinf majlislarining bayonnomalari


Download 0.72 Mb.
bet15/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

QAROR QILADI:

  1. “Nazoratsizlik huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi sinf rahbarining ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Farzandlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan va sport to‘garaklariga jalb qilish barcha ota- onalar zimmasiga yuklatilsin .

  3. Ota - onalarning huquqiy bilimlari boyitib borilsin.

Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilarining ota-onalariga bahorgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. U ota-onalarga ta`til vaqtida farzandlarini badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, suv havzalari atrofida qo`y, mol boqishga bormasligini nazorat qilishlarini aytib o`tdi. Ularga hamma vaqt hushyor bo`lishlari kerakligini uqtirdi.


Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Ta`tilni maroqli o`tkazishi uchun farzandlarini yuqoridagi qoidalarga amal qilishlarini nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
2. Sinf o`quvchilarini bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun
ta`til vaqtida turli fan to`garaklari va mashg`ulotlarga jo`natish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin

Yig`ilish raisi G. Nazarova


Kotib D. Ulug`ova

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi.


U sinf o`quvchilarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, yangi yilni xush
kayfiyat shodu- xurramlik bilan kutib olish haqida aytib o`tdi. Bu bayram bolalarning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Barcha o`quvchilar bu bayramni orziqib kutadilar.Bayram kunlari turli xil portlovchi vositalardan foydalanmaslik haqida gapirib, unday narsalar turli xil noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi, bunday sovuq o`yinchoqlardan umuman foydalanmaslik lozimligini uqtirdi. Eng uzoq davom etadigan ta`til, bu qishki ta`tildir. Shuning uchun bu ta`tilda ko`proq kitob o`qish, she`r yod olish, sport to`garaklariga qatnashish, ota- onalarning ruxsatisiz ko`cha- kuyda yurmaslik, yo`l harakati qoidalariga qatiy rioya qilish lozimligi tushuntirildi.
Yig`ilish kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Qishki ta`tilni maroqli va mazmunli o`tkazish sinf o`quvchilari zimmasiga
yuklatilsin.
2. Bayram kunlari turli xil portlovchi vositalardan foydalanmaslik, yo`llarda
sirpanchiq uchmaslik sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin . Ularni nazorat
qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
3. Bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun fan va sport to`garaklariga jalb
qilish sinf rahbari va fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatisin.
Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 3- “A” sinf
o`quvchilari ota- onalarining 4 - sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
28- mart 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi D. Saidova
Kotib M. Raximova
Qatnashdilar: 3-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari
KUN TARTIBI
1. III chorak yakuni IV chorak vazifalari
2.Farzandlarni huquqbuzarlikka, jinoyatchilikka kirib qolmasliklarida ota –onaning
o`rni
3. Ta`til vazifalari

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling