Sariosiyo tumani 24- umumta`lim maktabi 1-“B” sinfida
bo`lib o`tgan 6 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
28-fevral 2023-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Narzulloyeva I
Kotib Abdujamilova M
Qatnashdilar: 1-“B”sinf o`quvchilari
Kun tartibi
1. “O`zaro hurmatda bo`l” mavzusida suhbat olib borish
2. O`quvchilarni kundalik daftarlarining yuritilishi ahvoli
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Narzulloyeva so`zga chiqdi, u “O`zaro hurmatda bo`l” mavzusidagi ma`ruzasini o`quvchilarga o`qib eshittirdi. Har bir insonning o`z oilasi bor. Oilada ota-ona , buva-buvi , aka- uka, opa singillar ahil yashaydilar. Ular har doim, har qanday holatda bir-biriga yordam berishi lozim. Oila kichik Vatan hisoblanadi. Shu bilan birga atrofimizda tengdoshlarimiz , o`rtoqlarimiz ham bor . Biz ular bilan ham o`zaro hurmatda bo`lmog`imiz lozim. Oilada yashovchi farzand kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo`lmog`i darkor.
Bolajonlar siz qanday sehrli so`zlarni bilasiz? O`zaro hurmat ana shu sehrli so`zlardan boshlanadi. “Assalomu alaykum”, “Labbay”, “Rahmat”,” Iltimos”, “Rahmat” kabi “Sehrli so`zlar”dan o`rinli foydalanish o`zaro hurmatga olib keladi. Siz ham ana shu so`zlardan doimo foydalaning ,o`rtoqlaringiz va atrofdagilarga o`zaro hurmatda, kichiklarga izzatda bo`ling deb o`z so`zini yakunladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. “O`zaro hurmatda bo`l” mavzusidagi ma`ruza ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. O`rtoqlari va atrofdagilarga nisbatan hurmatda bo`lish , kichiklarga g`amxorlik qi`lish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilarining kundaliklarining yuritilishi ahvoli haqida ma`lumot berdi. Kundalik haqida gap borar ekan kundalik o`quvchining yuzi hisoblanadi, u orqali o`quvchiga baho beriladi, ota-ona va sinf rahbari o`rtasidagi vosita hisoblanadi. Sinfimizda 16 nafar o`quvchi bo`lib ularning barchasida kundalik daftari mavjud. Sinf o`quvchilari barchasi kundalikni to`g`ri yuritishgan deya olmaymiz. Sinfda kundalikni toza, ozoda saqlagan o`quvchilar Abdujamilova M, Ismoilov A, Himmatulloyeva M, Xurramov Alar bo`lib bu o`quvchilarga rahmat aytamiz. Lekin ba`zi o`quvchilar borki ularni kundaligi talab darajasida emas. Bu o`quvchilarga kundalik yuritilishi haqida tushunchalar berib, kundalikni to`g`ri yuritishlarini nazoratga olamiz –deb o`z so`zini yakunladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf rahbarining kundaliklarni yuritilishi haqidagi axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kundalikni toza, ozoda saqlash va to`g`ri yuritish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin .
Yig`ilish raisi Narzulloyeva I
Muhsina
Do'stlaringiz bilan baham: |