Sinf majlislarining bayonnomalari


Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi


Download 0.72 Mb.
bet9/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. IV chorakva o`quv yili yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb topilsin.
2. Yozgi ta`tilni maroqli otkazib , berilgan topshiriqlarni puxta bajarish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf


o`quvchilariga yozgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. Sinf rahbari o`quvchilarga yozgi ta`til vaqtida badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, tungi internet xonalariga bormasligini, cho`milish mumkin bo`lmagan suv havzalarida cho`milmaslik , har kim o`z sog`ligi uchun avvalo o`z javobgar ekanligini o`quvchilarga tushuntirib o`tdi. Bundan tashqari ota- onani ruxsatisiz hech qanday qo`shni yoki qarindoshini uyiga ham bormaslik keakligini, odam gavjum joylarda bormaslik, yoki oraliq masofani saqlash , doimo niqob bilan yurish lozimligini uqtirib o`tdi.


Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf o`quvchilariga yozgi ta`tilni maroqli o`tkazish uchun yuqoridagi qoidalarga amal qilishlari lozimligi uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish
maqsadida yozgi ta`tilda turli to`garak va mashg`ulotlarga jalb qilinsin.
Yig`ilish raisi S.Mardonova
Kotib R.Abduzoirova


Sariosiyo tumanidagi 24-sonli umumta`lim maktabining
4-“V” sinfida bo`lib o`tgan 8- Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI

30-aprel 2023-yil 24-maktab binosi


Yig`ilish raisi S.Mardonova
Kotib R.Abduzoirova
Qatnashdilar: 4-“V”sinf o`quvchilari
Kun tartibi:
1. Darsliklarni toza saqlash
2. Sinf o`quvchilarini kutubxona bilan bog`liqligi
3. Sinf faollarining ishi
Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqidi.U kitob haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
“ “ Kitob – bilim manbayi” deyishadi dono xalqimiz. O`quvchiga bilim, ziyo ulashadigan kitoblar bu avvalo darsliklardir. O`quvchi undan bilim, ziyo oladi, dunyoni o`rganadi. Ayniqsa darsliklar o`quvchiga bilim va ziyo ulashadi. Darslik yillar davomida bosqichma-bosqich o`quvchi bilimini charxlab boradi. Bizni yurtimizda bilimga chanqoq yoshlar uchun imkoniyatlar keng yaratilgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan darsliklar o`quvchiga ijara tarzida beriladigan bo`ldi. Bu bilan o`quvchi o`ziga kerakli bo`lgan darslikni 1 yil mobaynida foydalanadi , keying yilda o`zidan kichik sinfga topshiradi. Bizning sinf o`quvchilari bu yil davomida 10 turdagi darsliklar bilan to`liq ta`minlandi. Darsliklarni o`quv yili oxirigacha toza, ozoda saqlash lozimligini, uni yo`qotmaslik, yirtmaslik kerakligini tushuntirib o`tdi. Darsliklarni jildlab berish, hamda jadval asosida sumkalarga solibkelish lozimligi aytildi.
O`quvchilar bu darsliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalaning, yuqorida aytganimdek darsliklarni sizdan keying ukalaringiz ham foydalanishi kerakligini unutmang” deb o`z so`zini yakunladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling