Sinf majlislarining bayonnomalari


bo`lib o`tgan 2 - Sonli yig`ilish


Download 0.72 Mb.
bet7/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

bo`lib o`tgan 2 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI

31-oktabr 2022-yil 24-maktab binosi


Yig`ilih raisi: M.Raximova
Yig`ilish kotibi: G.Ashuraliyeva

Qatnashdilar: 1-“V”sinf o`quvchilari


KUN TARTIBI
1. “Yo`l qoidasi -umr foydasi” mavzusida tushunchalar berish
2. Sinf o`quvchilarini davomatini nazorat qilish
3. Dars tayyorlash bilim garovi
ESHITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilariga “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusida ma`ruzani o`qib eshittirdi. “Sog`lom bola oilaga quvonch olib keladi. Har bir ona, oila farzandini bekamu ko`st unib o`sishini istaydi. Kattalar qanchalik bolalarni sog`lom baquvvat bo`lishini istashmasin, bolalar salomatligiga, hayotiga tahdid, xavf soladigan baxtsiz xodisalar tez-tez sodir bo`lmoqda. Bolalar o`rtasida shikastlanishlarni oldini olish va kamaytirish katta muammo bo`lib qoladi. Bo`layotgan shikastlanishlar orasida ko`p uchraydigani bu yo`l transport hodisalaridir. Shunisi achinarliki respublikamiz yo`llarida sodir etilayotgan yo`l transport hodisalari oshib bormoqda. Buning natijasida ko`plab bolalar nogiron, majruh bo`lib qolmoqda, ba`zilari halok bo`lmoqda. Baxtsiz xodisalarni sodir etilishida qisman tez harakatlanayotgan avtomashina shafyori sabab bo`lsa, ko`pchiligida bolalarning e`tiborsizligi, yo`llarda o`ynab yurishi, kattalar nazoratisiz serqatnov yo`lga chiqishi sabab bo`lmoqda. Ular yo`l harakati qoidasini buzmoqdalar. Ko`cha va yo`lning belgilanmagan, mumkin bo`lmagan qismidan kesib o`tmoqdalar. Svetafor chiroqlariga amal qilmayaptilar.
Agar o`quvchilar yo`lda yurganda, yo`lni kesib o`tganda hushyorlikni oshirsalar hech qanday noxush xodisa ro`y bermaydi.Maktabda olgan bilimlarimiz, ota-ona o`gitlariga amal qilaylik, ularni hayotda qo`llay olsak har qanday noxush holatlarga chek qo`ygan bo`lar edik.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusidagi ma`ruza sinf o`quvchilariga
o`qib eshittirilgani axborot uchun qabul qilinsin.
2. Yo`lda yurganda yo`l qoidasiga amal qilib yurish sinf o`quvchilarining
zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. Bugun sinf davomatini yo`lga qo`yish juda muhim bir masala bo`lib turgan paytda bizning sinfimizda davomat yaxshi emas. Sinfimiz bazi o`quvchilari sababli va sababsiz ko`p dars qoldirishi bunga sabab bo`lmoqda.
Bir soat qoldirilgan dars tufayli qancha olinishi mumkin bo`lgan bilim qolib ketadi. Shuning natijasida o`quvchi o`zlashtira olmaydi. Siz ota- onalar o`quvchini dars to`liq ishtirok etishini ta`minlab berishingiz lozim. Biz esa ularga kerakli bilimni beramiz, deb o`z so`zini yakunladi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf davomatini to`g`ri yo`lga qo`yishda sinf rahbariga ko`maklashishsinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
2. Sinf davomatini orqaga tortadigan o`quvchilarga ogohlantirish berilsin, yana ushbu holat takrorlansa qatiy chora ko`rilishi haqida ma`lumot berilsin.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilarini dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlash bog`liqligi haqidaaytib o`tdi . Sinfimizda 22 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo o`zlashtirishga qiynaladigan , o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab kelsalar sinfimizda fanlarning o`zlashtirish ancha yuqori darajada boladi.


Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`yilsa maqsadga erishgan bo`lar edik.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling