Sinf majlislarining bayonnomalari


Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 1 - “B” sinfida


Download 0.72 Mb.
bet31/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 1 - “B” sinfida
bo`lib o`tgan 7 - Sonli yig`ilish bayonnomasi
19 – mart 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Sohibova M.
Kotib Aliyeva S.
Qatnashdilar: 1-“B”sinf o`quvchilari
Kun tartibida ko`riladigan masalalar:
1. III chorak yakuni va IV chorak vazifalari
2. Sinf xonani toza saqlash
3. Payshanba profilaktik kun
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Sohibova so`zga chiqdi. Sinf
rahbari III chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. III chorak 11-yanvarda boshlanib, 20-mart kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 21 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 12 nafarini o`g`il bolalar, 9 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. III chorakda reja bo`yicha dars soati 206 soatni, jami o`quv soati esa 4326 soatni tashkil etdi O`quvchilar o`quv yili davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Aliyeva Sokina, Hikmatullayeva Laylo, Abdumalikova Oydin, Ashurmahmatov Samariddin, Saidov Nodirbek, Imomova Sabrina , Muhammadiyeva Bibisora, Sa`dullayeva Marjona va Haydarqulov Kamronlar yaxshi o`qish hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Nurmatov Dilovar va Ubaydullayeva Shodiyonalar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, III chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 85,7 % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 97,8 % ni tashkil etdi. III chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi.
O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman.
Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi:
1) Darslarga kech kelmaslik;
2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish;
3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb
topilsin.
2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari
zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf xonasining sanitariya gigiyena holati va o`quv jihozlarining saqlanishi haqida ma`lumot berdi. Sinf faollaridan bo`lgan tozalik nazoratchisining ishi kuzatildi , unga ko`ra sinf tozalik nazoratchisi sinf xona tozaligi hamda sinf o`quvchilarining tozaligini kuzatib borganligi aniqlandi. Sinf tozalik nazoratchisi ishi yaxshi deb baholandi. Sinf xonasi bu ikkinchi uyimiz hisoblanadi. Uyimizni undagi jihozlarni qanday tutsak sinfimizni ham shunday tutishimiz lozim. Uni toza saqlash, undagi jihozlarni toza va ehtiyotkorlik bilan ishlatish , sinf xonani tez-tez shamollatib turish har bir o`quvchining vazifasi hisoblanadi. Sinf xonaga gullar tashkil etsak yana ham , xona havosi yoqimli va ko`ngilga yoqadigan bo`ladi.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf rahbarining “Sinf xonasining sanitariya gigiyena holati va o`quv jihozlarining saqlanishi” haqidagi hisoboti ma`lumot uchun qabul qilinsin .
2. Sinf xonasini va darsliklarini toza ozoda yuritish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
3. Sinfxonani va darsliklarini toza tutmagan o`quvchilarga ogohlantirish berilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi . U o`quvhilarga “Payshanba profilaktika kuni ‘ mavzusida tushintirish ishlari olib bordi.
Profilaktika – tozalash degan ma`noni bildiradi. Demak payshanba tozalash kuni deganidir. Bundan shuni tushunish kerakki, har yer har joyda tozalikka rioya qilish kerak. Sinf xonada tozalsh ishlarini olib borish, uyda tozalash ishlarini olib borish, payshanba bozorida tozalash ishlarini olib borish, ya`ni ota- onalarning ruxsatisiz payshanba bozoriga bormaslik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, mayda bezorilikka ham yo`l qo`ymaslik lozimligi haqida aytildi.bundan tashqari daryo bo`ylariga, qir –adirlarga yolg`iz va ota- onalar ruxsatisiz chiqmaslik haqida aytib o`tildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:


1. O`quvchilarga “Payshanba – profilaktika kuni” haqida ma`lumot berilgani
axborot uchun qabul qilinsin.
2. O`quvchilarni har joyda va hamma vaqt hushyor bo`lib yurishlari, doimo nazorat ostida bo`lishlari lozimligi uqtirilsin.

Yig`ilish raisi: Sohibova M.


Kotib : Aliyeva S.

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 3- “A” sinf


o`quvchilari ota- onalarining 4 - sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
28- mart 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi D. Saidova
Kotib M. Raximova
Qatnashdilar: 2-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari
KUN TARTIBI
1. III chorak yakuni IV chorak vazifalari
2.Farzandlarni huquqbuzarlikka, jinoyatchilikka kirib qolmasliklarida ota –onaning
o`rni
3. Ta`til vazifalari

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling