Sinf majlislarining bayonnomalari


Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 3-“A”sinfida


Download 0.72 Mb.
bet34/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 3-“A”sinfida
bo`lib o`tgan 7 - Sonli yig`ilish bayonnomasi
20 – mart 2019-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Raximova M.
Kotib Rashidov Z.
Qatnashdilar: 3-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibida ko`riladigan masalalar:
1. III chorak yakuni va IV chorak vazifalari
2. Sinf xonani toza saqlash
3. Payshanba profilaktik kun
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi. Sinf
rahbari II Ichorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. III chorak 11-yanvarda boshlanib, 20-mart kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 21 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 14 nafarini o`g`il bolalar, 7 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar
chorak davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Mingto`rayeva Maftuna, Rashidov Zohid, Boboshukurova Rohatoy, Bo`riyeva Diyoralar yaxshi o`qish hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Jumaqulov Muhammad, AbduraimovAlisherlar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, III chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 90% ni,umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. III chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi.
O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar dega n umiddaman.
Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi:
1) Darslarga kech kelmaslik;
2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish;
3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb
topilsin.
2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari
zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf xonasining sanitariya gigiyena holati va o`quv jihozlarining saqlanishi haqida ma`lumot berdi. Sinf faollaridan bo`lgan tozalik nazoratchisining ishi kuzatildi , unga ko`ra sinf tozalik nazoratchisi sinf xona tozaligi hamda sinf o`quvchilarining tozaligini kuzatib borganligi aniqlandi. Sinf tozalik nazoratchisi ishi yaxshi deb baholandi. Sinf xonasi bu ikkinchi uyimiz hisoblanadi. Uyimizni undagi jihozlarni qanday tutsak sinfimizni ham shunday tutishimiz lozim. Uni toza saqlash, undagi jihozlarni toza va ehtiyotkorlik bilan ishlatish , sinf xonani tez-tez shamollatib turish har bir o`quvchining vazifasi hisoblanadi. Sinf xonaga gullar tashkil etsak yana ham , xona havosi yoqimli va ko`ngilga yoqadigan bo`ladi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf rahbarining “Sinf xonasining sanitariya gigiyena holati va o`quv jihozlarining saqlanishi” haqidagi hisoboti ma`lumot uchun qabul qilinsin .
2. Sinf xonasini va darsliklarini toza ozoda yuritish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
3. Sinfxonani va darsliklarini toza tutmagan o`quvchilarga ogohlantirish berilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi . U o`quvhilarga “Payshanba profilaktika kuni ‘ mavzusida tushintirish ishlari olib bordi.
Profilaktika – tozalash degan ma`noni bildiradi. Demak payshanba tozalash kuni deganidir. Bundan shuni tushunish kerakki, har yer har joyda tozalikka rioya qilish kerak. Sinf xonada tozalsh ishlarini olib borish, uyda tozalash ishlarini olib borish, payshanba bozorida tozalash ishlarini olib borish, ya`ni ota- onalarning ruxsatisiz payshanba bozoriga bormaslik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, mayda bezorilikka ham yo`l qo`ymaslik lozimligi haqida aytildi.bundan tashqari daryo bo`ylariga, qir –adirlarga yolg`iz va ota- onalar ruxsatisiz chiqmaslik haqida aytib o`tildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:


1. O`quvchilarga “Payshanba – profilaktika kuni” haqida ma`lumot berilgani
axborot uchun qabul qilinsin.
2. O`quvchilarni har joyda va hamma vaqt hushyor bo`lib yurishlari, doimo nazorat ostida bo`lishlari lozimligi uqtirilsin.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling