Sinf majlislarining bayonnomalari
Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 4-“A” sinf
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 4-“A” sinf
o`quvchilari ota- onalarining 3 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 28. 12 . 2020-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Azizova Sh Kotib Ulug`ova D Qatnashdilar: 4-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari Kun tartibi 1. II chorak yakuni va III chorak vazifalari 2. Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish 3. Farzandlarini dars tayyorlashlari uchun sharoit yaratib berish haqida Eshitildi Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf rahbari II chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. II chorak 10-noyabrda boshlanib, 24-dekabr kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 24 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 11 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida fanlarni puxta o`rganib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, Aliyev Akbar Yo`ldoshev Muhammad, Sattorov Azamat, Abdurasulova Muyassar, Ravzatova Parizoda, A`zamova Dilnura , Nasriddinova Farangiz, Rahmatulloyev Sayfullo, Raximova Sabrina, Jabborova Noila, Xolmurodova Kumushbibilar yaxshi o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 95% ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. Sinfda 23 nafar o`quvchi fanlarni yaxshi o`zlashtirdilar, 1 nafar o`quvchi ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqda. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz II chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, III chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarning ota -onalariga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlariga yordam berishlaringizni kutib qolaman. Shuningdek II chorak vazifalari ham belgilab olindi. 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik; 4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. II chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb topilsin. 2. III chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, “Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish” mavzusidagi ma`ruzani o`qib eshittirdi. “Oila jamiyatning bir bo`g`inidir. Har bir inson tug`ilgan kunidan boshlab o`zining ma`naviy, ijtimoiy, moddiy ehtiyojlarini qondiradi. Shu sababli oiladagi muhitning qay tarzda bo`lishi bolaning tarbiyasiga ta`sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Bolaga milliy ta`lim tarbiya eng avval oilada singdiriladi. Bu jarayon bobolar o`giti, otalar ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi. oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish ham muhim bir masal hisoblanadi. “Inson salomatligi tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarga bog`liq. Kishining salomatligini belgilovchi muhim uning turmush tarzidir. Bu tushunchaga mehnat va dam olish tartibi, to`g`ri ovqatlanish, ijtimoiy faollikni zarur darajada saqlash, organizmni chiniqtirish, shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilish , kundalik hayotdagi zarur odatlardan zararli odatlardan voz kechish tushuniladi”. Oiladagi muhit bola tarbiyasiga katta ta`sir ko`rsatadi O`quvchilar mavzu yuzasidan fikr mulohazalarini bildirdilar. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi. 1. “Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish ” mavzusida ma`ruza o`qib eshittirilgani ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2.Farzandga o`rnak bo`lish, ular oldidagi ota-onalik burchini bajarish, sinf ota-onalari zimmasiga yuklatisin. . Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf ota-onalariga dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlash bog`liqligi haqida to`xtalib o`tdi . Sinfimizda 24 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo o`zlashtirishga qiynaladigan, o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab kelsalar sinfimizda fanlarning o`zlashtirish ancha yuqori darajada boladi. Bolalarimizni dars tayyorlab kelishlari uchun dars stolini bo`lishi ular uchunyana ham qulay sharoit yaratadi. O`quvchiga dars tayyorlashiuchun sharoit yaratib bersangiz, ularni maktabga ,dars tayyorlash ga qiziqishi yana ham ortadi. Ota-onam menga befarq emas, demak , men o`qishim kerak degan o`y uni a`lo o`qishiga turtki bo`ladi. Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`ysak maqsadga erishgan bo`lar edik. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling