Sinf majlislarining bayonnomalari


Download 0.72 Mb.
bet33/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

BAYONNOMASI
19– mart 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Raximova M.
Kotib Toshboboyev J. .
Qatnashdilar: 3-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibida ko`riladigan masalalar:
1. III chorak yakuni va IV chorak vazifalari
2. Sinf xonani toza saqlash
3. Payshanba profilaktik kun
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi. Sinf
rahbari II Ichorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. III chorak 11-yanvarda boshlanib, 20-mart kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 22 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 14 nafarini o`g`il bolalar, 8 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Safaraliyeva abina , Rashidov Zohid, Boboshukurova Rohatoy, Saidahmadjonov Ibrohim va Bo`riyeva Diyoralar yaxshi o`qish hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Usmonov Mahmud, Tursunova Farzona , Abduhalilova Yulduz va Saidahmadjonovalar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, III chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 77 % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 98, 3 % ni tashkil etdi. III chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi.
O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar dega n umiddaman.
Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi:
1) Darslarga kech kelmaslik;
2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish;
3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb
topilsin.
2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari
zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf xonasining sanitariya gigiyena holati va o`quv jihozlarining saqlanishi haqida ma`lumot berdi. Sinf faollaridan bo`lgan tozalik nazoratchisining ishi kuzatildi , unga ko`ra sinf tozalik nazoratchisi sinf xona tozaligi hamda sinf o`quvchilarining tozaligini kuzatib borganligi aniqlandi. Sinf tozalik nazoratchisi ishi yaxshi deb baholandi. Sinf xonasi bu ikkinchi uyimiz hisoblanadi. Uyimizni undagi jihozlarni qanday tutsak sinfimizni ham shunday tutishimiz lozim. Uni toza saqlash, undagi jihozlarni toza va ehtiyotkorlik bilan ishlatish , sinf xonani tez-tez shamollatib turish har bir o`quvchining vazifasi hisoblanadi. Sinf xonaga gullar tashkil etsak yana ham , xona havosi yoqimli va ko`ngilga yoqadigan bo`ladi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf rahbarining “Sinf xonasining sanitariya gigiyena holati va o`quv jihozlarining saqlanishi” haqidagi hisoboti ma`lumot uchun qabul qilinsin .
2. Sinf xonasini va darsliklarini toza ozoda yuritish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
3. Sinfxonani va darsliklarini toza tutmagan o`quvchilarga ogohlantirish berilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi . U o`quvhilarga “Payshanba profilaktika kuni ‘ mavzusida tushintirish ishlari olib bordi.
Profilaktika – tozalash degan ma`noni bildiradi. Demak payshanba tozalash kuni deganidir. Bundan shuni tushunish kerakki, har yer har joyda tozalikka rioya qilish kerak. Sinf xonada tozalsh ishlarini olib borish, uyda tozalash ishlarini olib borish, payshanba bozorida tozalash ishlarini olib borish, ya`ni ota- onalarning ruxsatisiz payshanba bozoriga bormaslik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, mayda bezorilikka ham yo`l qo`ymaslik lozimligi haqida aytildi.bundan tashqari daryo bo`ylariga, qir –adirlarga yolg`iz va ota- onalar ruxsatisiz chiqmaslik haqida aytib o`tildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:


1. O`quvchilarga “Payshanba – profilaktika kuni” haqida ma`lumot berilgani
axborot uchun qabul qilinsin.
2. O`quvchilarni har joyda va hamma vaqt hushyor bo`lib yurishlari, doimo nazorat ostida bo`lishlari lozimligi uqtirilsin.

Yig`ilish raisi: M. Raximova


Kotib : J. Toshboboyev

Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi.


U sinf o`quvchilariga aylanma daftarlarning yuritilishi haqida to`xtaldi. Sinf o`quvchilarining aylanma daftarlari ko`rib chiqilganda, quyidagi holatlar kuzatidi. Sinf o`quvchilarining ona tili va matematika fanidan tutgan aylanma daftarlari jildlangan va muqovasida manzil qayd qilingan. Sinfda Rashidov Zohid, Boboshukurova Rohatoy, Bo`riyeva Diyora larning daftarlari juda yaxshu yuritilgan. Yuqorida nomlari qayd etilgan o`quvchilarga rahmatnoma e`lon qilamiz. Sinfdagi Mirzaaliyev Jasur, Usmonov Mahmudlarning daftarlari esa yaxshi emas. Bu o`quvchilarni ogohlantiramiz va chiroyli yozishga chaqiramiz.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:

1. Sinf o`quvchilarining aylanma daftarlarini yuritilishi qoniqarli deb topilsin.


2. Aylanma daftarlarining yuritilishini to`g`ri yo`lga qo`yish barcha sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi. Sinf rahbari sinf faollari ishining yuritilishi ahvoli haqida gapirar ekan, tozalik nazoratchisi, sinf kutubxonachisi ish olib borishmoqda, lekin juda sust ish olib bormoqdalar. Sinf sardorining ishi yoq desak ham to`g`ri bo`ladi. Chunki sinfda tartib-intizom ancha yomon ekanligini aytib o`tdi. Sinf sardori sinf o`quvchilarin tartibga chaqirmog`i keyingi dars tayyor turishlarini ta`minlab bermog`i lozim.
Raximova sinf o`quvchilarini bahor ayyomi Navro`z bayrami bilan tabriklab, Navro`z bayramini xush kayfiyat shodu- xurramlik bilan kutib olish haqida aytib o`tdi. Chorak yakunida “Bahorgi ta`til “ beriladi. Siz ta`til kunlari ota- onangiz bilan birga bo`ling. Kattalar bo`lmagan joylarga, daryo bo`ylariga , qir -adirlarga, mol- qo`y boqishga bormang. Bahorgi ta`tilni badiiy kitob o`qib, turli bahorgi oyinlar o`ynab, yaxshi dam olib darsga qayting-deb o`z fikrini yakunladi.

Yig`ilish kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan qaror qiladi:


1.Sinf sardoriga o`z faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`yib olish lozimligi uqtirilsin.


2. Sinf faollarining ishi kamchiliklarni hisobga olgan holda qoniqarli deb topilsin.

Yig`ilish raisi: M. Raximova


Kotib : Z. Rashidov

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling