Sinf majlislarining bayonnomalari
Sinf o`quvchilariga dars tayyorlashlari uchun qulay sharoit yaratib berish ota –onalar zimmasiga yuklatilsin . 2
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
1. Sinf o`quvchilariga dars tayyorlashlari uchun qulay sharoit yaratib berish ota –onalar zimmasiga yuklatilsin .
2. Sinf o`quvchilarining fanlarni yaxshi o`zlashtirishlarini nazorat qilish sinf rahbari hamda ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish raisi Saidova D. Kotib Narzulloyeva I. Sariosiyo tumani 24- sonli umum ta`lim maktabi 3-“A” sinf o`quvchilari ota- onalarining 2 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 14. 11 . 2020-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi O`rinbadalova S. Kotib Raximova M Qatnashdilar: 3-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari Kun tartibi 1. I chorak yakuni va II chorak vazifalari 2. Farzandlariga “Yo`l harakati qoidasi”ga amal qilishlarini ogohlantirib borishlari haqida suhbat 3. “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari” bilan ota- onalarni tanishtirish Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi, u o`z nutqida I chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda 22 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 7 nafarini qiz bolalar 15 nafarini o`g`il bolalar tashkil etdi. Chorak oxirida ham o`quvchilar soni shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida 3-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati __ % ni tashkil etdi. Sinfda o`zlashtirish ___ % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni ko`rsatdi. Sinfda 4 nafar o`quvchi fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirdilar. Bu o`quvchilar D. Bo`riyeva, R. Boboshukurova, Safaraliyeva Sabina, Z. Rashidovlardir. Qolgan o`quvchilar ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bor. Bu o`quvchilar J. Raximov, U. Usmonov, M. Tursunov va F. Majidovlardir. O`ylaymanki, bu o`quvchimiz bu chorakda o`rtoqlarini yetib oladi. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz I chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, II chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlarini kutib qolaman . Boshqa o`quvchilar ham o`qishlarida tub burilish yasab yana ham faolroq bo`ladilar degan umiddaman. Bundan tashqari I chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga kuzgi ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari ham aytib o`tildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. I chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb topilsin. 2.II chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi ukkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf ota- onalariga “Yo`l qoidasi – umr qoidasi” mavzusida ma`ruzani o`qib eshittirdi. Sog`lom bola oilaga quvonch olib keladi. Har bir ona, oila farzandini bekamu ko`st unib o`sishini istaydi. Kattalar qanchalik bolalarni sog`lom baquvvat bo`lishini istashmasin, bolalar salomatligiga xavf soladigan baxtsiz xodisalar tez-tez sodir bo`lmoqda. Bolalar o`rtasida shikastlanishlarni oldini olish va kamaytirish katta muammo bo`lib qoladi. Baxtsiz xodisalarni sodir etilishida qisman tez rakatlanayotgan avtomashina shafyori sabab bo`lsa, ko`pchiligida bolalarning e`tiborsizligi, yo`llarda o`ynab yurishi, kattalar nazoratisiz serqatnov yo`lga chiqishi sabab bo`lmoqda. Ular yo`l harakati qoidasini buzmoqdalar. Ko`cha va yo`lning belgilanmagan, mumkin bo`lmagan qismidan kesib o`tmoqdalar. Svetafor chiroqlariga amal qilmayaptilar. Agar o`quvchilar yo`lda yurganda, yo`lni kesib o`tganda hushyorlikni oshirsalar hech qanday noxush xodisa ro`y bermaydi. Siz ota-onalar ham ularni doimo yo`ldahushyor bo`lib yurishlarini aytib tursalaringiz maqsadga muvofiq bo`lar edi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusidagi ma`ruza sinf ota-onalariga o`qib eshittirilgani axborot uchun qabul qilinsin. 2. Yo`lda yurganda yo`l qoidasiga amal qilib yurishlarini ta`kidlab turish sinf ota- onalarining zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib , “Maktab ichki tartib qoidalari” haqida fikr yuritib, Maktab-o`quvchisi huquq doirasida o`z insoniy qadr- qimmatlarini hurmat qilishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va e`tiqodlarini erkin ifoda etishi hamda muassasasini boshqaruv ishida qatnashish huquqiga ega. Maktab ustavida belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida darsga o`z vaqtida kelish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, maktab ma`muriyati va sinf rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarish, Davlat ramzlarini qadrlash va hurmat qilish, maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishini ta`minlash talab etilishi haqida to`xtaldi. Sinf rahbari sinf ota-onalarini “Odob axloq qoidalari” bilan ham tanishtirib o`tdi. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishda boshqa o`quvchilarga ibrat bo`lish; Maktab manfaatlariga zid bo`lgan xatti-harakatlardan tiyilishi kabi holatlar aytildi. Sinf o`quvchilari darslarga o`z vaqtida kelishlari, maktab mulkini ko`z qorachigi’dek asrash lozimligi, maktab yo`laklarida tinchlikni saqlash, maktabga mashg`ulotlar boshlanishidan 10- 15 daqiqa oldin kelish, maktab ustavida belgilangan o`quv libosida kelish, dars vaqtida gaplashmaslik kabi qoidalarga rioya qilish haqida to`xtaldi. Unga ko`ra o`quvchilar maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishi, kiyim boshlarini toza saqlashi, o`quvchilarga mos papka bilan kelishi, kundalik dars jadvali asosida darsga kelishi, ma`naviyatimizga zid bo`lgan sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik kerakligi tushuntirildi. Yuqorida ko`rsatilgan talablarni bajarish uchun o`quvchiga albatta ota- ona ko`mak bo`lmog`i lozim deb o`z so`zini yakunladi. Yig`ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. Sinf ota-onalariga “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari”ni tanishtirib o`tilganligi axborot uchun qabul qilinsin. 2.Yuqoridagi qoidalarga amal qilishda farzandlariga yordam berish ularni doimiy ravishda kuzatib borish sinf ota-onalari va sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish raisi O`rinbadalova S. Kotib Raximova M Sariosiyo tumani 24- umumta`lim maktabi 2-“B” sinfida bo`lib o`tgan 6 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 29-fevral 2020-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Narzulloyeva I Kotib Sultonova S. . Qatnashdilar: 2-“B”sinf o`quvchilari Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling