Bug`doyman men oltin rang,
Hosilim ko`p bir qarang.
Xirmon to`la boshoq ,don,
Dasturxonda to`la non.
“Nonvoy” guruhidan bitta o`quvchi chiqib, novvoy kiyimida ,qo`lida kulcha bilan she`r aytadi:
Har tong erta turaman,
Tandirga o`t qalayman.
Xamir qorib, non yopib,
Elga xizmat qilaman.
Dars davomoda har bir guruh o`quvchilari rag`batlantirilib boriladi.
II.O`tilgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o`quvchilarni baholash:
1.Davom ettir o`yini orqali har bir guruhdan ketma-ketlikda o`quvchilar mavzu so`zlab beradilar.
2.”Chala xat” mashqi orqali mavzu mustahkamlanadi. 3 guruhga 3 ta qog`ozga oldindan tayyorlab kelingan chala xatlar beriladi. O`quvchilarga so`zlarni topib o`rniga qo`yib o`qish topshiriladi.
“Chala xat” mashqi
Temurbek ____________ ,hamma narsani bilishga intiluvchan bo`lib o`sdi. ___________ yoshga to`lganida, otasi uni ____________ ______________ qo`liga topshirdi.
Tarag`ay Bahodir o`g`li qo`l qovushtirib:
-Bolamning _________ chiqarib bersangiz, - dedi.
Ibodulla domla bu __________ va xushfe`l odamni juda yaxshi bilardi. Shuning uchun ham uni ochiq _______ bilan kutib oldi. Qo`lidagi tugunini olib, ___________ maktabga qabul qildi.
“Chala xat” mashqi
Tarag`ay bahodir chiqib ketganidan keyin __________ uning o`g`lini oldingi qatorga ____________ . Keyin unga ________________ qildi:
-Qani, __________ , tur o`rningdan. Isming ne?
Yangi __________ dast o`rnidan turdi va: “_________”, - deb javob berdi.
-Barakallo, ____________ , maktabimizga kelib yaxshi ish qilibsan. Sho`xlik qilib, ____________ bo`lsang, o`zingdan ko`r.
Temurbek boshini quyi solganicha qo`l qovushtirib , __________ turardi.
Temurbek to`rt yil __________ domlaning qo`lida o`qidi.
“Chala xat” mashqi
Do'stlaringiz bilan baham: |