Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub
Download 0.53 Mb.
|
10-sinf va 11-sinf ona tili
IFODALILIK VA O‘XSHATISHLAR
O‘xshatishlar nutqda katta badiiy-uslubiy imkoniyatlarga ega bo‘lganligi uchun nutqning ifodaliligini ta’minlaydigan alohida vosita vazifasini bajaradi.O‘xshatishlar to‘rt unsurdan tarkib topadi, ya’ni: 1) o‘xshatiladigan narsa (yoki subyekt); 2) o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi. Masalan, Yigit musichadek beozor ekan o‘xshatishida yigit o‘xshatiladigan narsa; musicha o‘xshatish etaloni; beozor o‘xshatish asosi; -dek qo‘shimchasi esa o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichidir. Esalatma! O‘xshatishlarning ikki turi farqlanadi: 1) erkin o‘xshatishlar; 2) turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar. Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi nazaridan erkin o‘xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vositalardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi o‘zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil original o‘xshatishlar yaratadi, bu o‘xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi bilan o‘quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy holat, xususiyat, predmetlarni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalantiradi. Masalan, Miryoqub ikki kishining pichirlashib gaplashganini eshitdi, yuragi objuvoz likopiday ura boshladi gapidagi o‘xshatish – yozuvchining o‘z ijodi mahsuli. Mana bu o‘xshatishlar ham erkin badiiy o‘xshatishlardir: Maydalab o‘rilgan sochlardek egatlarga taralgan suvlar – nay ko‘ksidan oqayotgan ohanglar kabi sirli-sirli jildiraydilar. Eslatma! Turg‘un o‘xshatishlarda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqtlar o‘tishi bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan, umumxalq tilidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar xuddi tildagi tayyor frazeologik birliklar kabi nutqqa olib kiriladi. Masalan, Uning bu xislati ham hammaga otning qashqasiday ma’lum; Bolalari qo‘rqqanlaridan baqadek qotib qolishdi gaplaridagi o‘xshatishlar turg‘un o‘xshatishlardir. Turg‘un o‘xshatishlar ham nutqning ifodaliligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling