Lug`at bilan ishlash!
1. O`QDAY+to‘g‘ri, adil–Asosan, egri bo‘lmagan ko‘cha, yo‘l va boshqa narsalar haqida. Masalan,Hammasini yer yuzidan sidirib tashlab, o‘rniga bog‘-rog‘ga ko‘milgan, ko‘chalari o‘qday to‘g‘ri, oppoq, ko‘rkam qishloq barpo qildi.
2. O`QDAY+To‘g‘ri.–Rost, adolatli so‘z, shuningdek, g‘irromlikni bilmaydigan odam haqida. Masalan, O‘qdek to‘g‘ri bo‘lmoqlik, kibr-u havoga yo‘l ochmasligi lozim... – negadir o‘ylanib qoldi sohibqiron.
3. O`QDAY+Botmoq, tegmoq, teshib o‘tmoq, sanchilmoq, qadalmoq–Odamga qattiq ruhiy azob bermoq. Asosan, gap-so‘z, o‘y-xayol haqida. Masalan, Uning so‘zlari garchi o‘q kabi botayotgan bo‘lsa-da, Elchin uchun yangilik emasdi.
U ketdi, ketdi-yu endi shum o‘ylar San chilaveradi qalbga misli o‘q.
4. O`QDAY+Uchmoq.–Juda ham tez harakatlanmoq; zarb, shiddat bilan chiqib ketmoq. Masalan, Vatan,aylanarman bir keskir toshga, Qoshingga o‘q kabi uchib borarman. Bizdan uzr so‘rab, «pat-pat»iga o‘tir-di-yu, o‘qday uchirib ketdi.
5. O`QDAY+Otilmoq.–Keskin, shiddat bilan biror tomonga tashlanmoq; odam, jonivor va boshqa harakatlanuvchi narsalar haqida. Masalan, Qamchi yeb o‘rganmagan uchqur bedov oldinga o‘qday otilib, egasini balo-qazodan olib chiqib ketdi.
6. O`QDAY+Otilib chiqmoq. Asosan, qattiq hayajon, hissiy taranglik bilan aytilgan gap-so‘z, xitob va shu kabilar haqida. Masalan, Ko‘kragidan shu so‘zlar o‘qday otilib chiqdi: «Otamning qamalishi emas, sizning qilmishingiz meni o‘rtoqlarim oldida yerga kirgizib yubordi».
7. O`QDAY+Kirmoq, sanchilmoq, qadalmoq, urilmoq. Qattiq, dag‘al, quloqqa ozor beradigan darajada eshitiladigan ovoz, gap-so‘z haqida. Masalan, Uxlab qoldingizmi, nima balo! – rejissyorning tajang qichqirig‘i Zuhraning quloqlariga o‘qday kirdi.
8. O`QDAY+Qadamoq, tikmoq. Qattiq tikilib qaramoq. Asosan, ko‘z haqida. Masalan, Ertalab haykalning ochilishidan qaytayotib, mashina oynasidan o‘ziga o‘qdek qadalib turgan bir juft ko‘zni ko‘rib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |