Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub
Download 0.53 Mb.
|
10-sinf va 11-sinf ona tili
partret (talaffuzda) – portret (imloda). Ammo vahshiy, falokat, ravshan so‘zlarini vоxshiy, polаkat, rovshan deb talaffuz qilish yoki qanday aytilsa, shun-day yozish to‘g‘ri emas. Og‘zaki va yozma nutqdagi bunday muammolarga duch kelganda „O‘zbek tilining talaffuz lug‘ati“, „O‘zbek tilining imlo lug‘ati“ga asoslanish kerak.
Eslatma! Adabiy tilda barcha so‘zlar aytilganidek yozilsa edi, bir so‘zning o‘zini ham turlicha yozishga to‘g‘ri kelar, natijada imloni tartibga solib bo‘lmas, savodsizlik kuchayib ketar edi. Shuning uchun amaldagi talaffuz va imlo qoidalariga ko‘ra аyrim undoshlarning ham talaffuzi va imlosi mos farq qiladi. Og‘zaki nutqda ayrim undosh harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: masxaraboz–masxaravoz, shan-ba – shamba, pedagog – pedagok. Og‘zaki nutqdagi ixtisod, shoshilip, ketti so‘zlarini iqtisod, shoshilib, ketdi shaklida yozish lozim. Bu talaffuz, albatta, noto‘g‘ri emas. Ammo imloda so‘zlardagi bu undoshlarning qanday yozilishi imlo qoidalari va lug‘atlarida meyorlashtirilgan. Eslatma! Til sohibida o‘z qatlam so‘zlarining talaffuzi muammo tug‘dirmaydi. O‘zlashma so‘zlarning talaffuzi esa birmuncha murakkab. Uni tinglash, lug‘at asosida mashq qilish bilan o‘zlashtirish mumkin. So‘zlarni urg‘usiga rioya qilib talaffuz qilish – madaniy nutq belgisi. Urg‘u ta’sirida yozuvda aks etmaydigan tovush o‘zgarishi sodir bo‘ladi: diréktor – diréktr, métod – métd. O‘zlashma so‘zda urg‘u qaysi bo‘g‘inda bo‘lishidan qat’i nazar, urg‘u oladigan o‘zbekcha qo‘shimcha qo‘shilganda, urg‘uning joyi o‘zgaradi: diréktor – direktorní, métod – metodgá kabi. Eslatma! Nutqda so‘zlarni noo‘rin qo‘llash holatlari uchraydi. So‘zlarni anglash, farqlash, tanlash va qo‘llash bilim va farosatni talab qiladi. O‘rinli va noo‘rin qo‘llashni aniqlash uchun ham bilim, farosat va mantiqiy tafakkur taqozo etiladi. Masalan, nutqda „Kechirasiz, mening joyimga o‘tirib olibsiz“ gapida o‘tirib olmoq so‘zi, „Ikki kishi talashib qolishibdi“ jumlasida talashmoq so‘zlari noo‘rin qo‘llangan. Ular o‘rniga gaplarni „Kechirasiz, bu joyni men band qilgan edim“, Ular tortishib qolishibdi deyish farosatdan darak beradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling