LUG`ATLAR BILAN ISHLASH
Ijtimoiy – inson va jamiyat hayotiga oid
Nufuz – obro‘-e’tibor, ta’sir
Odamiylik – odamga, chin insonga xos xislatlar
Ma’rifat – bilim, fan; ma’lumot; tanishish
Mezon – o‘lchov
Tamal toshi – poydevor
Ansambl – o‘zaro mos va uyg‘un qismlarning birikuvidan iborat bino va inshootlar majmuyi;
Kurant – minoraga o‘rnatilgan soat
Atmosfera – Yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon qobiq;
Ozon – kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz;
Ozon qatlami – atmosferadagi kislorodli qobiq;
Ekologiya – odam va tabiat munosabatini o‘rganuvchi fan;
Purviqor – go‘zallik va viqorga boy
Ta’na-dashnom – pand-nasihat, malomat;
Jar solmoq – baland ovoz bilan e’lon qilmoq;
Majmua – to‘plam;
Ko‘rgilik – kishi hayotida yuz bergan erk-ixtiyoridan tashqari ko‘ngilsiz voqea
Preparat – dori-darmon;
Kardiolog – yurak shifokori;
Xuruj – hujum, hamla;
Malham – davo bo‘ladigan narsa;
Muqoyasa – qiyoslash, solishtirish
Qatli om – yoppasiga qirish
Shahid – haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lish
E’tiqod – qattiq ishonch, dildan e’tirof etiluvchi tushuncha, nuqtayi nazar, qarash; iymon
Maqom – Sharq musiqasida musiqiy ohang, kuy yo‘li, tartibi, shakli;
“Shashmaqom” – olti qismdan iborat o‘zbek musiqa asari
Tuzuk – nizom;
Tamaddun – madaniyat
Tovar – sotish uchun chiqarilgan mahsulot.
Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi.
Daromad – kishi (oila)ning ma’lum vaqtda qo‘lga kiritgan moddiy hamda pul tushumlari.
Akkaunt – ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi;
Bloger – o‘z qarashlarini internetdagi ma’lum bir platformada doimiy ravishda e’lon qiladigan kishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |