Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub
Download 0.53 Mb.
|
10-sinf va 11-sinf ona tili
Eslatma! Madaniy nutqning o‘z qoidalari bor. Nutqda ayrim tushunchalarni jamiyat madaniy me’yorlariga ko‘ra ochiq aytish mumkin emas. Bu nutqiy „taqiq“ (u fanda polineziya tilidan olingan „tabu“ so‘zi bilan nomlanadi) deyiladi. Ular o‘rniga „yumshoq“, „qog‘ozga o‘ralgan“, ya’ni madaniy ifodalar qo‘llanadi. Nutqdagi „taqiq“lar qo‘rquv asosida (chayon so‘zi o‘rnida gajak, o‘lmoq so‘zi o‘rnida ketmoq so‘zlari qo‘llanishi), uyat.
Eslatma! Madaniy nutq sohibi o‘z fikrini chiroyli va kishi ko‘ngliga og‘ir botmaydigan qilib ifoda etadi. Fikrni og‘ir botmaydigan, tinglovchiga malol kelmaydigan qilib ifodalash vositalari evfemizm (grek tilida bu so‘z „yumshoq gapirmoq“ ma’nosida qo‘llangan) deyiladi. Masalan, yomon bo‘libdi degandan ko‘ra yaxshi bo‘lmabdi deyish, kasal ifodasidan ko‘ra mazasi yo‘q deyilsa, kishi ko‘ngliga qattiq botmaydi. Evfemizmni o‘rinli qo‘llash qo‘llash kishining madaniyatliligini bildiradi. Turmush o‘rtog‘ining ismini aytmaslik (masalan, dadasi, dadajonisi, oyisi deyish yoki katta farzandining ismi bilan chaqirish), sizlash kabilarni ham evfemizmga misol qilish mumkin. Evfemizmning aksi disfemizm (grek tilida bu so‘z „qo‘pol gapirmoq“ ma’nosida qo‘llangan)deyiladi. Masalan, yomon bo‘libdi tushunchasi uchun qo‘llangan rasvo bo‘libdi, kasal tushunchasi uchun qo‘llangan dard uribdi ifodalari disfemizmga misol. Nutqda disfemizmni ko‘p qo‘llash kishining madaniyatsiz ekanini ko‘rsatadi. Demak, disfemizm va evfemizm ikki chekkada, betaraf ifoda esa ular o‘rtasida turadi: joni chiqdi – o‘ldi – uzildi kabi. Eslatma! Ayrim olmoshlar evfimizm sifatida qo‘llanadi. Kishining ismini aytmay, ba’zan ular, o‘z(lar)i kabi olmoshlarni qo‘llaymiz. Misol: 1. Ular (dadam) keldilarmi? 2. O‘zi (Alloh) biladi. Siz olmoshini qo‘llash, yozuvda gap orasida uni bosh harf bilan yozish ham suhbatdoshga hurmat kabi, uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Biz olmoshining o‘z-o‘zini ta’kidlamaslik, manmanlik kabi uslubiy xususiyatlarini anglab, to‘g‘ri qo‘llash so‘zlovchi madaniyatidan darak beradi. Misol: Bu ishni men qildim. – Bu ishni biz qildik. Siz bizni kim deb o‘ylaysiz? Men, sen kabi kishilik olmoshlari vazifasini gap kesimi tarkibidagi shaxs-son shakli anglatib turgani uchun so‘zlashuvda (ta’kid ma’nosi bo‘lmasa) bu olmoshlarni qo‘llash unchalik o‘rinli emas. Badiiy uslubda, ayniqsa, badiiy matnlarda, kishilik olmoshlarining ortiqcha qo‘llanishi matn uslubiyatiga ta’sir qiladi, saviyasini tushiradi. Eslatma! Sо‘zlar uslubiy bо‘yoqli yoki bо‘yoqsiz bо‘ladi. Iboralar esa har doim bо‘yoqdor. Ibora o‘zi ifodalayotgan tushuncha bilan sо‘zga teng, lekin bо‘yoqdorligi sababli bu tenglik buziladi. Shuning uchun iborani sо‘z bilan har doim ham almashtirib bо‘lmaydi. Ibora boshqa tilda aynan muqobilga ega emas. О‘zlashma ibora bо‘lmaydi. Iboralarni kо‘p qо‘llash til bilimi va nutqiy salohiyat yuqoriligidan dalolat beradi. Eslatma! Maqol – xalq og‘zaki ijodi janri, shu bilan birga, til birligi ham. U – ixcham, mazmuniy va ta’sirchanlik ko‘lami baland ifoda. Maqollar biror nutq vaziyatiga xos bo‘ladi, shuning uchun, ko‘pincha, bir-birini inkor etadi. Yaxshilik qil, umidvor bo‘l. – Yaxshilik qil – unut. Maqollar evfemizm vazifasini ham bajaradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling