Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


Download 0.53 Mb.
bet40/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

QO‘LTIG‘IGA SUV PURKAMOQBiror ishni qilishga o‘chakishtirmoq, gijgijlamoq.


HASRATIDAN CHANG CHIQMOQOrtiq darajada norozilik bildirib gapirmoq.


ICHIGA CHIROQ YOQSA YORIMAYDIGANxafa


OG‘ZI QULOG‘IDAxursand


YERGA URSANG KO‘KKA SAPCHIYDIGANsho‘x


OG‘ZING QANI DESA QULOG‘INI KO‘RSATADIGANlallaygan


QO‘Y OG‘ZIDAN CHO‘P OLMAGAN –yuvosh


O‘PKASINI QO‘LTIQLAMOQ –hovliqmoq.


KO‘ZIGA ISSIQ KO‘RINMOQ–Tanishdek tuyulmoq.


KO‘ZIGA ISSIQ KO‘RINMOQ O‘ziga tortmoq, yoqimli bo‘lmoq.

Varianti: ko‘ziga o‘tday ko‘rinmoq.


Zidi: ko‘ziga sovuq ko‘rinmoq.


YUZI SHUVUT BO‘LMOQ–Uyatli holatda qolmoq.

Varianti: beti shuvut bo‘lmoq; yuzi shamgin bo‘lmoq.


Zidi: yuzi yorug‘ bo‘lmoq.


NUTQ MADANIYATI VA NUTQ TEXNIKASI

Talab darajasida shakllangan nutq texnikasi kishi umumiy nutqiy madaniyatining eng muhim qismi hisoblanadi. Nutq texnikasi deganda jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to‘g‘ri voqelantirish ko‘nikma va malakalarining jami tushuniladi. Bunda ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish, tovush va tovush qo‘shilmalarini aniq talaffuz qilish – aniq diksiya, nutq oqimining mazmun ifodasiga uyg‘un tarzda tez yoki sekinligi kabi bir qator hodisalar nazarda tutiladi. Nutq texnikasini yetarli darajada egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan boxabarlik zarur.Fonatsiya jarayonida, ya’ni nutqni hosil qilish paytida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me’yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Albatta, ovozning sifati ham nutq texnikasidagi muhim jihatlardan biridir. Masalan, xirqiroq, chiyildoq, shang‘iroq kabi ovozlarning yoqimli bo‘lolmasligi, ya’ni tinglovchi qulog‘ini qiynashi tayin. Bunday yoqimsiz ovozdan «libos kiygan» fikrning kattagina qismi nutq idrokining o‘ta sezgir va nozik darvozasi bo‘lmish quloqdan o‘tolmay tashqarida qoladi. Bu, albatta, nutq egasi ko‘zlagan maqsad – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal va ta’sirli tarzda yetkazish uchun qulay sharoit yaratmaydi, balki unga monelik qiladi. Bu oddiy haqiqatni aslo yoddan chiqarmaslik lozim. Ayniqsa, asosiy quroli nutq bo‘lgan har qanday odam uchun sifatli ovoz hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling