Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub
Download 0.53 Mb.
|
10-sinf va 11-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-SINF DARSLIGIDAN BILISHIMZ KERAK BO`LGAN MA`LUMOTLAR 15-modda.
- 6-modda.
- E’lon
YURAGI PO‘KILLAMOQ–Biror yoqimsiz ishning yuz berishidan hadiksiramoq
KO‘ZINING YOG‘INI YEMOQ–O‘zini kimgadir yaqin ko‘rsatib, uning xayrixohligidan shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanmoq. KO‘ZINING PAXTASI CHIQMOQ–G‘azabi ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaymoq. Ma’nodoshi: ko‘zi qinidan chiqib keta yozdi. 5-SINF DARSLIGIDAN BILISHIMZ KERAK BO`LGAN MA`LUMOTLAR 15-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’i nazar, o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar. 6-modda. Televideniye va radioeshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi. X va h tovushlarining ishlatilish o‘rnini yodda tutishda quyidagi kabi holatlardan foydalanish mumkin: – h tovushi yumshoqroq talaffuz etiladi, shuning uchun sezilar-sezilmas darajada eshitiladi. Ba’zan so‘zlayotganda so‘z tarkibidan tushib ham qoladi: xohlamoq – xolamoq; fahm – fam; – x undoshi qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga moyil emas, aksincha, ba’zi shevalarda q ga o‘xshash xususiyatga ega bo‘ladi: xalq – qalq; xulq – qulq; mix – miq; – h undoshi tushib qolish darajasiga bormagan hollarda y deb talaffuz qilinishi mumkin, x undoshida esa bu holni ko‘rmaymiz: shohi – shoyi; Abdurahim – Abdurayim; Shohista – Shoyishta; Ibrohim – Ibroyim; – yopiq bo‘g‘inda e tovushidan keyin doim h qo‘llanadi: ehtimol, ehtiyoj, istehkom, mehmon, istehzo, mehnat. – yopiq bo‘g‘inda i unlisidan keyin doim x undoshi keladi: ixcham, ixlos, ixtiro, ixtiyoriy, mix, six.. – rus-yevropa so‘zlarida, ko‘pincha, x harfi yoziladi: texnika, xirurg, arxiv, arxitektor. Eslatma! Chat so‘zi inglizcha chatter – “valdiramoq”, “vaysamoq”, “aljiramoq” so‘zlaridan olingan. Internet tarmog‘i orqali muayyan vaqtda aloqa qilish va shunday aloqani yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan dastur ta’minotiga chat deyiladi. Unga o‘xshash fl eshka, sayt, virus, antivurus, xaker, shou so‘zlari ham bor. Bu so‘zlardan o‘z nutqi ngizda ko‘p foydalanasiz. Eslatma! Tilimizning ma’lum davrida qo‘llanib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‘zlarga tarixiy so‘zlar deyiladi. Masalan: hojib (eshik og‘asi), degrez (cho‘yandan qozon quyuvchi), yorg‘ichoq (donni maydalash va un qilish uchun ishlatilgan tosh asbob) kabi. Eslatma! O‘z o‘rnini boshqa so‘zga bo‘shatib bergan so‘zlarga arxaik so‘zlar deyiladi. Masalan: payg‘om (xabar), bog‘ot (bog‘lar, bog‘li joylar), gisu (soch), Saltanat (mamlakat), cherik (qo‘shin), sipoh (askar), raiyat (xalq), dorug‘a (shahar hokimi), ziroat (dehqonchilik), valiahd (toj-u taxt vorisi), rabot (karvonsaroy), suvoriy (otliq askar) kabi. Eslatma! Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlarga termin (atama) deyiladi. Terminlar qo‘llanilishiga ko‘ra ilmiy terminlar va kasbiy terminlarga bo‘linadi. Masalan: masshtab, litosfera, azimut – geografiyaga oid terminlar; mum, poshna, yelim – etikdo‘zlikka oid terminlar. Eslatma! E’lon so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “bildirish”, “xabarnoma” degan ma’nolarni anglatadi. E’lon ko‘pchilikka yetkazilishi zarur bo‘lgan xabar, buyruqni va shunday xabar yozilgan qog‘oz, hujjatni bildiradi. Eslatma! Xat – xabar berish, fikr almashish maqsadida aniq manzilga yuboriladigan matn. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling