Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


Eslatma! Hozirgi kunda ishga kiruvchilardan, odatda, rezyume


Download 0.53 Mb.
bet45/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

Eslatma! Hozirgi kunda ishga kiruvchilardan, odatda, rezyume – ma’lumotnoma so‘raladi. U ish qog‘ozlaridan, rasmiy uslub janrlaridan biri. Uning birinchi sahifasida shaxsning surati, ismi, otasining ismi va familiyasi, tug‘ilgan joyi, qayerda ta’lim olganligi, ma’lumoti, qayerda va qanday tashkilot(lar)- da ishlaganligi, mukofotlar olgan/olmaganligi, harbiy xizmatga aloqasi, qaysi chet tillarini bilishi kabilar aks etadi.
Orqa sahifada shaxsning yaqin qarindoshlari: ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, (agar turmush qurgan bo‘lsa) turmush o‘rtog‘i, qaynata-qaynanasi hamda farzandlari haqida ma’lumot beriladi. Rezyume – ma’lumotnomada ma’lumotlar aniq va to‘g‘ri berilishi shart. Soxta ma’lumotlar berish qonunga zid.


Eslatma! Ilmiy uslub maxsus terminlar yordamida fanga doir fikrlarni bayon etishga mo‘ljallangan. Bu uslubda bo‘yoqdor so‘z va qo‘shimchalar, iboralar, maqol va matallar qatnashmaydi. Ilmiy uslubda murakkab jumlalar, kirish va kiritmali qurilmalar ko‘p qo‘llaniladi. Olimlar o‘z fikrlarini hamkasblari uchun ilmiy uslubda bayon etadilar. Ilmiy maqola, tezis (ma’ruza bayoni), dissertatsiya, monografiya ilmiy uslub janrlaridir.
Ilmiy fikrlar mutaxassis bo‘lmaganlar uchun ilmiy-ommabop shaklda yetkaziladi.
Eslatma! Badiiy uslub – uslublarning eng murakkabi. Unda muallif asarning go‘yaviy mazmuni va o‘z maqsadidan kelib chiqib turli uslub unsurlarini qorishiq holda qo‘llashi mumkin. Masalan, O‘ktam Usmonovning „Girdob“ romanida qishloq xo‘jaligiga oid terminlar, ilmiy ma’ruza (nutq) ko‘p uchraydi. Badiiy uslubning asosiy xususiyati – bo‘yoqdor til birliklaridan, ko‘chma ma’noli ifodalardan foydalanishning ustuvorligi. Bu uslubda jumlalarning qisqargan shakli, ritorik so‘roq gaplar, yig‘iq va to‘liqsiz, bo‘laklar o‘rni almashgan gaplar cheklanmagan holda qo‘llanadi.


Eslatma! ESSE (frans. essayi – tajriba, mashq; xomaki narsa) – adabiy, falsafiy, ijtimoiy, publitsistik va boshqa mavzularda yozilgan, muammolar tizimli, ilmiy tarzda emas, balki erkin shaklda talqin qilinadigan nasriy asar. Esse ifoda maqsadida biror muammoni qo‘yishiga ko‘ra ilmiy, uni ifodalash jihatidan badiiy uslubga xos. Zero, badiiy asarda, odatda, muammo qo‘yilmaydi, ilmiy asarda esa ta’sirchan ifodalardan foydalanish me’yor hisoblanmaydi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling