Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


Download 0.53 Mb.
bet46/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

Eslatma! Jumla tarkibidagi so‘zlar o‘zaro bog‘lanishi uchun ular orasida uslub, mantiq va grammatik jihatdan moslik bo‘lishi kerak.
Qiyoslang:
1) Qarg‘a sayradi (uslubiy nomoslik) – Qarg‘a qag‘illadi (moslik).
2) Otasini suyandi (grammatik nomoslik) – Otasiga suyandi (moslik).
3) Shomda oy bo‘zardi (mantiqiy nomoslik) – Tongda oy bo‘zardi (moslik).


Eslatma! Sinonim birliklarning ma’nosi yaqin bo‘lsa-da, ammo bir xil emas. Ular ifoda bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi. Ba’zilarida bo‘yoq kuchli, boshqasida kuchsiz (bo‘sh – latta), ba’zilarida ijobiy, ayrimlarida salbiy (kulmoq – tirjaymoq) bo‘ladi. Sinonimlar uslubiy xoslanganlik jihatidan ham o‘zaro farqlanadi. Sinonimlar birikuvchilarni ham tanlaydi. Masalan, stolning yuzi deyish mumkin, ammo stolning basharasi deb bo‘lmaydi. Ayrim sinonimlik munosabati barqaror (kishi – odam – inson), ayrimlari nutqiy (go‘zal – oy – gul) hisoblanadi.


Eslatma! Omonim so‘zlar, odatda, lug‘atlardagina (nutq tarkibiga kirmagan holatda) omonim bo‘lib turadi. Ular shaklan bir xil bo‘lsa-da, bitta so‘z emas. Omonim so‘zlarning har biri nutqda biror grammatik shakllarni qabul qiladi va shundagina ularning qaysi ma’noni ifodalashi ayon bo‘ladi. Agar shunday bo‘lmasa, omonimlarning ma’nosini anglab bo‘lmay qolar va bu ayrim fikrni tushunishda chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. She’riyatda omonim so‘zlar turkiy tuyuq janri uchun xizmat qiladi.


Eslatma! Boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar tilga butunlay singib ketishi ham (kitob, fe’l, manti, stol, shkaf), ba’zilari singishmay turishi ham mumkin (restavratsiya, anonim, suflyor). Shunga ko‘ra, to‘la o‘zlashgan (kitob, daftar, stansiya), nisbatan o‘zlashgan (vokzal, aeroport) va o‘zlashayotgan (skaner, skotch), o‘zlashmagan so‘zlar (ministr, oblast, rayon) farqlanadi. Ularning barchasini shartli ravishda o‘zlashma so‘zlar deymiz. So‘zlashuvga xos o‘zlashma so‘zlar, ko‘pincha, kitobiy uslubga xos bo‘lmaydi. Ilmiy uslubda o‘zlashma so‘zlar, asosan, termin sifatida ko‘p qo‘llaniladi.


Eslatma! Nutqda ikki xil so‘z tovush o‘zgarishiga uchrashi mumkin:
- o‘zlashma so‘zlar;
- o‘z tilimizdagi qo‘shimcha qo‘shilgan so‘zlar.
Ko‘pgina o‘zlashma so‘zlar asos holatida talaffuzi va imlosi jihatdan farqlanadi: kitob – kitop, vaqt – vaxt, futbol – fudbol, iqtisod – ixtisod, baland – balant, go‘sht – go‘sh. Bu tovush o‘zgarishi o‘zbek tili imlo qoidalariga ko‘ra yozuvda aks ettirilmaydi.
O‘z tilimizdagi ayrim so‘zlar esa qo‘shimcha olganda tovush o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarning ayrimlari yozuvda aks etadi (yosh – yasha, ong – angla), ba’zilari esa talaffuz qilinganiday yozilmaydi (bog‘ – boqqa – bog‘ga bor – boripti – boribdi).
Demak, o‘zlashma so‘zlardagi tovush o‘zgarishlarida ham, o‘z qatlam so‘zlaridagi qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishlarida ham imloda yozuvda aks etadigan va yozuvda aks etmaydigan holatlar mavjud.
O‘z qatlam so‘zlarining o‘zak holatida tovush o‘zgarishi yuz bermaydi.


Eslatma! Adabiy tilning og‘zaki nutq va yozma nutq me’yorlari farqlanadi. Ilmiy asoslangan adabiy til me’yorlarida talaffuz va imloning qat’iy qoidalari mavjud. Og‘zaki nutqda ayrim unli harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: kompyuter – kampyuter, mobil – mabil, kino – kiyno. Bunday so‘zlardagi unli harflarni matnlarda yozilganidek talaffuz qilish оg‘zaki nutq me’yorlaridan chetga sifatida baholanadi. Shuningdek, ba’zi unli tovushlar esa aytilganidek yozilmaydi: boho (talaffuzda) baho (imloda), unuqqan (talaffuzda) uniqqan (im­loda),
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling