sinf o`qish I chorak Sana Mavzu: Vatan madhi Ta’limiy


Download 0.69 Mb.
bet21/23
Sana05.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#211006
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
3-Sinf O'qish Kanspekti 1-chorak

Darsning jihozi, ko‘rsatmail va tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism : Salomlashish , davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirib nazorat qilish.

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash: Otilgan mavzu yuasidan savol-javob o`tkazish.

1. Mahalla bolalari nimalar bilan shug'ullanadilar?

2. Mahallani Vatan desa bo'ladimi?

3. O‘zingiz yashayotgan mahalla haqida kichik matn tuzing.



III.Yangi mavzuning bayoni: Vatanni tanish

Mening ismim Firdavs. Qishloqda tug`ilganman. Dadam bilan oyijonim meni erkalatishadi, biroq buvim bilan buvam tergab turishadi. Bizning kattakon bog`imiz bor. Unda olma, gilos, shaftoli, anjir – qo`yingki, barcha mevali daraxtlar o`sadi. Bu daraxtlarni hammasini buvam o`z qo`llari bilan ekkanlar.

Buvamning aytishlaricha har bir narsaga yoshlikdan mehr qo`yish kerek ekan. Ana shunda bolaning iymoni but bo`ladi. Vatanni taniydi, uning qadriga yetadi. Uning nima rekanligini yurakdan his qiladi. Vatan himoyasiga ham tayyor turadi, deydilar dadamga takror-takror.


  • Buva, Vatan degani nima? – so`rayman qulog`imga bot – bot chalinadigan bu so`zni

tushunib olishim uchun.

  • Vatan bu men, sen bilan har kuni mehnat qiladigan bog`, qo`shni bolalar bilan chopqillab

o`ynabyurgan ko`chang, senga bilim berayotganmaktabing, oxir – oqibat, qarindosh-urug`, butun millatimizga makon bo`lgan yurt mustaqil O`zbekistonimizdir. Imoni butun odam Vatanni yurakdan his qiladi, ardoqlaydi. Kerak bo`lsa, ko`ksini qalqon qilib, himoya qiladi.

Buvamning so`zlari meni sehrlab qo`yadi. – Buvajon bog`imizdagi daraxtlarni, gulzorimizdagi gullarni yaxshilab parvarishlasam, Vatanni parvarishlagan bo`lamanmi? – so`rayman hayajonlanib.

Albatta, axir Vatan ostonadan boshlanadi, - deydilar buvam meni bag`rilariga bosib.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling