Tashkiliy qism
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5
daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish yugurish..
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan osilishlar mavzusi bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan osilishlar mavzusi bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish.
Tayanishlar haqida amaliy va nazariy tushunchalar berish:
1. Gimnastik o‘rindiqqa yotib tayanish. Qo‘llarga tayanib bukilish. Shuning o‘zi, faqat oyoqlar skameykaga tiralgan. Yotib bo‘ksada, boldirda, oyoq uchida
tayanish va bukilish. Bir oyoqni tepaga ko‘tarib qarsak chalish.
2. Тik turib tayanish. Stul suyanchig‘iga qo‘llar bilan tayanib, qo‘llarni bukish va shu paytning o‘zidaoyoqlarni tizzadan bukish. Shuning o‘zi, faqat oyoqlarni
burchak hosil qilib ushlash.
3. Chalqancha yotib yoki o‘tirib qo‘llarga tayanish va yuqori tezlikda „velosiрed“ haydash mashqini bajarish. Variant: yuqori tezlikda oldinga egilish va turish.
4. O‘tirib orqaga tayanish. Oyoqlarni kengroq qo‘yish.Orqaga tayanib, oldinga yoki aylana bo‘ylab harakatlanish.
5. O‘tirib, qo‘llarni orqaga qilib tayanish. Oyoqlarni burchak qilib ko‘tarish, so‘ngra dastlabki holatga qaytish.
6. Yotib, qo‘llarga tayanish va uni bukib-yozish. 6. Devordan biroz narida (masofani har kim o‘zi tanlaydi) turib, qo‘l bilan unga tayanish va itarilish
hamda dastlabki holatga qaytish
7. Oyoqlarni keng qo‘yib asta-sekin yotish va qo‘llar bilan yerga tayanish.
|
20
daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|