1
|
Yangi mavzuni tushuntish.
Badiiy gimnastika –nafis, nozik harakat, egiluvchanlik, epchillik,cho‘ziluvchanlik, go‘zallik singari ajoyib harakatlarni namoyish etadigan sport turi. Mashg‘ulotlar paytida shug‘ullanuvchilar musiqa sadolari ostida nozik, nafis, go‘zal va murakkab harakatlarni bir maromda bajarib chiniqadilar, egiluvchanlikni
rivojlantiradilar, sog‘liqlarini mustahkamlaydilar. Ularning qad-qomati kelishgan,
go‘zal, yurishlari chiroyli, harakatlari nozik va epchil bo‘ladi. O‘tgan asrning 60- yillarida mamlakatimizda badiiy gimnastika bo‘yicha sport ustalari paydo bo‘ldi. Ular orasida o‘zbek qizi E. Xolmurodova ham bor edi. 1964-yilda yurtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha nufuzli musobaqa o‘tkazildi. Venera Zaripova, Amina Zaripova kabi mohir gimnastikachilarimiz jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqishgan. Hozirgi vaqtda ularning izdoshlari soni ortib bormoqda. Badiiy gimnastika mashqlari:
6. D.h. Oyoqlar yelka kengligidan kengroq ochilgan.
1-2 deganda o'ng qo'lni yuqori, chap qo'lni o'ng oyoqning tizzasiga qo'yib-ko'tarib, 3-4 deganda dastlabki holatga qaytish. 5-6 sanog'ida shuning o'zini chap tomonga bajarish, 6-7 deganda dastlabki holatga qaytish. 8-9 sanog'ida o'ng oyoqni yonga uzatib, engashib, qo'lni yerga tekkizish. Mashqni 4 marta takrorlash. 10-16 sanog'ida oyoq uchida turib, mumkin qadar oldinga engashish va qo'lni yerga
tekkizish. Mashqni 6-8 marta takrorlash. 7. D.h. Chap oyoq tizzadan bukilgan, o'ng oyoq yon tomonga uzatilgan, qo'llami yerga qo'yish. 1-2 sanog'ida to'rt marta chap oyoqni prujinasimon harakatlantirish. 3-4 sanog'ida shu mashqni o'ng oyoqda
bajarish. Harakat chog'ida qo'l mumkin qadar yerdan uzilmasligi darkor.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|