1
|
Yangi mavzuni tushuntish.
1. D.h. (Dastlabki halat.) Oyoqlami yelka kengligida ochib, tizzalami biroz bukib, qomatni tik tutib, qo'llami musht qilib, tirsakdan bukib ko'krak oldida yelkaga teng holatda ushlash; 1 deganda qo'llami yon tomonlarga yozib, qomatni biroz orqaga egib, boshni orqaga tashlab, oyoqlami to'g'rilash. Dastlabki holatga qaytish. Mashqni 8 - 12marta takrorlash.2. D.h. Oyoqlami juftlashtirib qomatni to'g'rilash, qo'llami oldinga uzatish. 1 - 4 deganda qo'llami ro'molcha silkigandek, navbatma-navbat silkish. Har bir sanoqda oyoq uchlarida turib, tovonlarga tushish. Mashqni tez bajarish. Bu mashqning ko'krak qafasi mushaklarining rivojlanishida foydasi katta. Mashqni 4-8 marta takrorlash . 3. D.h. Oyoqlami juftlab, qomatni tizzalardan biroz bukish. Qo'llar yelkada, tirsaklar pastga tushirilgan. 1-2 deganda qo'llarni yon tomonga uzatib, kaftlarni ochish va chap tomonga egilish; 3-4 deganda dastlabki holatga qaytish. 5-6 sanog'ida shu mashqni o'ng tomonga bajarish; 7 -8 deganda dastlabki holatga qaytish. Mashqni 8-12 marta takrorlash. 4. D.h. Oyoqlarni yelka kengligidan kengroq qo'yish,
qo'llar bosh orqasida, kaftlar zanjir qilib ushlangan, qo'llar tirsaklardan bukilgan. 1-4 deganda 2 marta o'ng tomonga, 5-8 deganda 2 marta chap tomonga egilish. Qomatni bukib qo'llarni oldinga uzatish. 9-12 sanog'ida oldinga ikki marta
engashib-turish. 13-16 deganda qo'llar beIda, bosh orqaga tashlangan holatdan 2 marta prujinasimon egilib-turish. Mashqni 4-8 marta takrorlash. 5. D.h. Oyoqlar yelka kengligida, qo'llar orqada barmoqlar zanjir qilib ushlangan. 1-8 deganda boshni to'g'riga qaratib oldinga 4 marta prujinasimon egilib-turish. 9-16 sanog'ida oldinga mumkin qadar ko'p egilib-turish (8 marta).
|
20
daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|