sinf o’quvchilari uchun soatlik dars ishlanmasi
Download 22.58 Kb.
|
NIGORA DARS ISHLANMA
O’ZBEKISTON XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI BERUNIY TUMANI XALQ TA`LIMI BO`LIMI 11-UMUMTA'LIM MAKTABINING BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI ALLAMOVA AQILJONNING 3-SINF O’QUVCHILARI UCHUN 1 SOATLIK DARS ISHLANMASI Sana
Maqsad: Ta’limiy:Plastelindan idishlar yasash haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Tejamkorlikni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini rivojlantirish,Plastelin bilan ishlash malakalarini rivojlantirish. O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy. Dars jihozi:plastelin,tayyor yasalgan idish namunalari. Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. O’quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish. III. Yangi mavzu bayoni 1.O’quvchilar bilan idishlar haqida suhbat o’tkazish. 2.Ularni turlari haqida savol-javob o’tkazish. 3Idishlarni hayotimizdagi ro’li haqida suhbat. 4.Bitta idishning yaratilishidagi insonlar mehnati haqida ma`lumot berish. 5. Bitta idishning uyimizga kelguncha kulol,rassom,sotuvchi,xaridor ishtirok etadi. 6.Plastelindan idish yasash bosqichlarini ko’rsatib berish. 7.O’quvchilar mustaqil yasaydilar. 8.Yasash vaqtida o’quvchilar ishi kuzatib boriladi. 9.Stekdan foydalanishda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish 10.Shaxsiy gigiyena qoidalaini ham eslatish. 11.Dasda o’quvchilarga tejamkorlikka o’rgatib borish. Piyolaning hazil. Choynak,do`stim,ne uchun Burning doim osmonda? Haa,bilaman,og`zingga Quyib turar Qumg`onlar. Lekin menga kerilma, Jilmasdan shu o`rnimdan Ichganingni barini Tortvolaman burningdan. IV. Darsni mustahkamlash: 1.Yasab bo’lgan o’quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o’tkazaman. 2Qanday idish turlarini bilasiz? 3.Idish tovoqlar haqida topishmoqlar aytish. V.O’quvchilar ishini baholayman. VI. Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan ishlarni tugatib kelish. Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling