Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni


Download 0.49 Mb.
bet1/12
Sana24.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1290864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik j


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTI


.





Mavzu: Sinf rahbari ishini rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni.
Bajardi. E. Shirinova


Qabul qildi. M.Rahmatullayeva
TOSHKENT 2014 yil
Sinf rahbari ishini rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni.

Reja
Kirish


Asosiy qism
1.Sinf rahbari ishining asosiy qismlari.
2.Pedagogik jamoaning tashkiliy masalalari va o‘zaro munosabatlari.
3.Sinf rahbari ishini rejalashtirish va hisobga olish.

Xulosa.


Adabiyotlar ro‘yhati.

Kirish
O’sib kelayotgan yosh avlodga ta`lim berish va tarbiya qilish tizimini rivojlantirish ta`limda islohotlar o’tkazilishining muhim mohiyatli yo’nalishi hisoblanadi. Hozirgi kunda kadrlar tayyorlash va ta`lim tizimida islohotlarni amalga oshirishning kontseptual asoslari ishlab chiqilgan. Bu kontseptsiyaning asosi kadrlar tayyorlash Milliy modelidir. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi jahon ta`lim tizimlarining yutuqlarini yosh avlodni tarbiyalashdagi bizning ajdodlarimiz ko’p asrlik tajribalarini o’z ichiga olgan. Respub­li­ka­­mizning rivojlanishi o’ziga xosligini hisobgan olishga, o’zbek xalqining mentalitetiga asoslangan.Yоshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib etishishga sharoit tug’dirmay turi, biz respublikamiz xalq xo’jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o’zgartira olmaymiz.YAna bir narsani biz hech qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste`dodli yoshlarga sharoit yaratish1.
Ta`lim sohasini tubdan isloh qilishlar 1997 yilda boshlandi. “Ta`lim haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tasdiqlandi. CHunki ta`lim olish va professional talablarini qondirishga qaratilgan ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining aniq yo’nalishi xali mavjud emas edi. Kadrlar tayyorlash tizimida fan va ishlab chiqarishning vazifalari xali aniq belgilab berilmagan edi. Ta`lim va mutaxassislik dasturlari, ta`limning izchilligi va izchil emasligi, kadrlar tayyorlash masalasida ilmiy asoslangan bog’liqlik yo’q edi. SHunday qilib, meros bo’lib qolgan ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimi respublikamizda amalga oshirilayotgan demokratik va bozor qayta qurishlari talablariga javob bera olmay qoldi. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim haqida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi haqida”gi qonunlari kadrlar tayyorlash Milliy modelining amalga oshirilishi normativ bazasi, usuli va mexanizmi hisoblanadi.
Hozirgi kunda Respublikamizda “Ta`lim to’g’risidagi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta`lim tizimi milliy mustaqillik talablari asosida qayta isloh qilinmoqda. Undan ko’zlangan maqsad milliy mustaqillik mafkurasi talablari va g’oyalari ruhida tarbiyalangan barkamol, kelajagi buyuk O’zbekistonni yarata oladigan hamda unda yashaydigan har tomonlama etuk shakllantirib voyaga etkazishdir.
Prezident I.A.Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli ma`ruzasida “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarini yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo’lida, jami davlat va nodvlat manbalarini hisobga olgan holda, mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko’zda tutadi degan fikrni bildirgan1.
Zamonaviy ta`lim muassasasi insonparvar shaxs tarbiyai tizimini shakillantirishni maqsad qilib qo’ymoqda. Yа`ni, bu shaxsning tabiiy qobiliyatlarini rivojlantirish asosida maktabda o’quvchi uchun ijtimoiy muhofaza (muhit) sharoitini, hamkorilikdagi ijodiy munosabatlarni takomillashtirishdan iborat samarali tizimdir.Ta`lim muassasasi tarbiyaviy tizimining asosiy tarkibiy qisimlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • maqsadlar va g’oyalar;

  • maqsad va g’oyalarni amalga oshiriuvchilar;

  • faoliyat va munosabatlar;

  • ijtimoiy va tabiiy muhit.

Hozirgi zamon yoshlari aqliy kamolotining rivojlanib borayotganligi, ularning ilm o’rganishga chanqoqligi, mustaqil fikrlashi va ilmiy-ijodiy izlanishlari, yangiliklar va kashfiyotlarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta`lim mazmuniga talabchanligi, o’qituvchining o’z ustida ishlashga, malakasini oshirib borishiga va ongini yanada rivojlantirishiga, ta`lim tizimidagi barcha yangiliklardan boxabar bo’lib borishi keraligiga asosiy motiv bo’lib xizmat qiladi. So’nggi yillarda pedagogika faniga, ta`lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta`lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta`lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi. Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo’lishi kerakligini anglashi lozim. U o’z o’quvchi-talabalarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo’ladi. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta`lim usullarini yaxshi bilishi kerak. SHu erda Prezidentimiz I.A. Karimovning «Biz o’g’il-qizlarimizni o’zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning tafakkurida bo’shliq vujudga kelishigi yo’l qo’ymasligimiz lozim» degan so’zlarini misol qilib keltirgan holda maktab o’quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey talabalarining nutq boyligi, o’quvliligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan qay darajada xabardorligini aniqlashimiz kerak bo’ladi. CHunki ko’p o’qigan va uqqan yoshlarni aldash, milliy g’oyamizga yot bo’lgan g’oyalar sari etaklash xalqimiz dushmanlari uchun uddalab bo’lmaydigan masalaga aylanadi.
Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars mobaynida ma`lum nazariy bilimlarni o’quvchiga etkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko’nikma va malaka hosil qilish, ma`naviy sifatlarni shakllantirish, o’quvchi bilimini nazorat qilish hamda baholash o’qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi.
Bu borada o’qituvchi darslarda foydalanishi mumkin bo’lgan ayrim pedagogik vositalar: ta`kidlovchi savollar bunda o’quvchining bergan savoliga qarab, uning fikrlash darajasini aniqlash mumkin.
O’quvchi shaxsining kasbiy bilim olishdagi yo’nalishni ixtiyoriy tanlashi uchun sharoit yaratishda, avvalo, uni erkin fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish muammosi hal etilishi lozim bo’ladi. Jahon pedagogika nazariyasida erkin fikrlovchi, mustaqil shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari keng miqyosda tadqiq qilingan va ko’plab natijalar qo’lga kiritilgan. Biroq, bunday tadqiqotlarning aksariyat qismi muammoning umumiy jihatlariga qaratilgan bo’lib, respublikamizda amalga oshirilayotgan ta`lim islohoti talablariga to’la javob bera olmaydi. Ushbu g’oya asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan ulug’lanib, rivojlantirib kelingan. Jumladan, Forobiy bu haqda quyidagi ibratli fikrlarni ilgari suradi: «Inson biron-bir kasbni egallashi uchun faqat tug’ma qobiliyati kifoya emas, kasb-hunarda kamolotga ham etishishi kerak. Kamolot insondan hunarning biron bir sohasini egallash bilan qanoatlanib qolmay, balki hunarni to’liq o’zlashtirishni talab etadi. Tabib faqat davolash bilangina shug’ullanib qolmasdan, tibbiyotga oid hamma ishlar bilan qiziqishi kerak. Bu hamma hunarlarga ham taalluqlidir» Kaykovus «Qobusnoma» asarida kasb-hunarni ulug’lab «Ey farzand, ogoh bo’lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo’lur va hech kishiga naf` etkurmas. Bilursanki, xori mug’ilonning tani bordur, ammo soyasi yo’qdur. xunarsiz kishi ham xori mug’ilon yanglig’ na o’ziga va na o’zgaga foyda berur. Barcha donish va hunarning sarmoyasi: adab, tavoze, hayo, pokdillik, parhezkorlik, beozorlik, sabr va matonatliqdur» deydi Bu borada maktabda sinf rahbarining o’rni alohida o’ringa ega sinf rahbari rasmiy raxbar emas, balki u tarbiyachidir.
Kurs ishi muammosi sohasida xorijiy mamlakatlar olimlaridan P.N.Andrianov, V.A.Gorskiy, V.I.Kachnev, V.G.Razumovskiy, G.Noyner, V.Kalveyt, X.Kleyn, YU.S.Stolyarovlar vatanimiz olimlaridan quyidagi tadqiqot ishlarida uchratishmiz mumkin. J.G’.Yo’ldoshev “O’quvchi ma`naviyatini shakillantirish”, “Milliy g’oya- o’quvchi ma`naviyatining asosi” nomli qo’llanmalarida, M.Ochilovning “Muallim –qalb memori” nomli saylanmasida, R.A.Mavlonovaning “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”nomli o’quv qo’llanmasida, A.Hayitovning “Sinf rahbari” o’quv qo’llanmasida, A.Xoliqovning “Pedagogik mahorat” nomli o’quv qo’llanmasida, O.Musurmonovaning “Ma`naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” nomli qo’llanmasida sinf rahbari va o’quvchi ma`nviyatiga doir ilmiy qarashlarni o’rganishmiz mumkin.
O’rganilgan manbalardan kelib chiqib, biz kurs ishmizning mavzusini, “Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni” deb nomlanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling