Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni


Download 0.49 Mb.
bet11/12
Sana24.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1290864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik j

V. Ota-onalar bilan ishlash. Bu bo’limda oilalarni o’rganish (oilaning ijtimoiy ahvoli, o’quvchiga yaratilgan shart-sharoitlar, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini o’rganish), ota-onalar faollari bilan ishlash (ular yordamida va ishtirokida bolalar tarbiyasiga oid turli-tuman ishlar rejasini tuzish, ular tomonidan ba’zi oilalarga ko’mak va ta’sir o’tkazish), ota-onalarning tarbiyaga oid bilimlarini oshirish (ota-onalar majlislari, dorilfununlari tashkil qilish, yaxshi oilalar tashviqoti bilan shug’ullanish, o’zaro tajriba almashish).
Keltirilgan reja tartibini majburiy deb qaramaslik kerak. Sinf rahbarlari ish rejasi turlicha tuzilishi va har xil shaklda bo’lishi mumkin. Bu sinf rahbarlarining ish saviyasi, tajribasi, o’z kasbiga qiziqishi, har xil sinflarda ish sharoitlarining turlichaligiga bog’liqdir. SHuni nazarda tutish lozimki, ish rejasi qaysi shaklda bo’lishdan qat’i nazar, tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari mazkur rejaning muhim bo’limlaridan biri bo’lishi shart.
Ish rejasini tuzish va uni hayotga tadbiq qilish ishlariga o’quvchilar va ota-onalar faollarini jalb qilish kerak. Avvalo ular alohida topshiriqlarni, asta-sekin esa rejada ko’rsatilgan keng hajmdagi ishlarni amalga oshiradi.
Rejaga kiritiladigan ish va tadbirlar, ularning mazmun-mohiyati, amaliyotga tadbiq qilish haqida mazkur kitobning tegishli bo’limlarida atroflicha fikr yuritilgan.


Xulosa
Sinf rahbari ta`lim muassasalarining tarbiya tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo’lib, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, o’tkazish va muofiqlashtirish, sinf o’quvchilari uchun belgilagan talablari bajarishlarini tashkil qilish kabi vazifalarni bajarajdi.
Sinf rahbari faoliyatinisamarali tashkil etishda o’quvchilarning fe`l-atvorini, oilaviy holatini,imkoniyatini va intilishlarini, qiziqishlarini atroflicha tahlil etish hamda har bir o’quvchi uchun maqbul alohida munosabatni shakillantirish muhim ahamiyatga ega.Bu esa, bolalar tarbiyasi uchun bevosita ota-onalar bilan hamkorilik ishlari olib borishni, o’quvchi shaxsidagi ahloqiy, aqliy va jismoniy jihatlarni takomillashtirishda etarli tarbiyaviy muhit yaratishni taqozo etadi.
Tarbiya berish tajribasida ishonish va nazorat qilish, tekshirish singari ta`sir etish usullari ham qo’shib olib bo­riladi. Bolalarga ishonish, ularning mustaqilligini rag’batlantirish bilan, ayni vaqtda ular ish faoliyatini tashkil etishda nazoratsizlikka yo’l ko’yish ham yaramaydi. Ibratli misollar o’z ko’rgazmaliyligi va konkretligi bilan ta`sir etadi. Bu ibratli misollar kuchi ular­ning bolalarga qanchalik yaqin va tushunarli, ular uchun qiziqarli bo’lishiga bog’liq.
Sinf rahbarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tarbiya berish va ularni do‘stona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat. Albatta, o‘z sinfidagi o‘quv ishlari, o‘quvchilar bilim darajasini oshirish masalalari ham uning e’tiborini jalb etadi. Ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondashadi. U eng asosan tarbiya berish vositalari orqali (o‘quvchilarda o‘quv vazifasiga nisbatan ongli va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, o‘qishda o‘quvchilarning o‘zaro yordamini yo‘lga qo‘yish, ularni “Umumiy o‘rta ta’lim maktabining namunaviy ustavi”ga rioya qilishga o‘rgatish va shu kabilar) ta’lim berish sifatini oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha o‘qituvchilarga yordam beradi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling