Sinf rahbarining sinf jamosini jipislashtirishda maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar. Reja
Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar
Download 30.07 Kb.
|
Sinf rahbarining sinf jamosini jipislashtirishda maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar.
4. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar
So’nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda o’quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o’quv yurtining sinf rahbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o’quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar ko’yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida sinf birlashib o’quv yurtini tashkil etadilar. Aloxida sinf jamoalari ko’lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o’quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. SHu nuqtai nazardan sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. SHuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, maxoratli, yosh avlodni sevadigan o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar. Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi xayoti rejalarini amalga oshirish, o’quvchilarning salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. SHuningdek,sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. CHunki, tashkilotchilik tushunchasining o’zi keng maxnoga ega. Maxsus bir maqsadni ko’zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarnitashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funktsiyasi bir necha elementlarga bog’liqdir: A. O’tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish. B. Sinfda o’tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xaakterga ega bo’lib, ma’lum maqsadni ko’zlab o’tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiy ishlarni o’tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim. D. Sinf rahbari oldiga qo’yilgan maqsadga yetishish uchun o’z oldiga aniq vazifa qo’ya bilish lozim. E. Sinf rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o’qituvchi va o’quvchilarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o’tazish o’rni, vaqti, soati, javobgar shaxsla va tizimligini aniqlash lozim. F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to’g’ri taqsimlash, ishga boshqa o’qituvchilarni, ota-onalar, o’quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim. Sinf rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi. 1. Har bir o’quvchini shaxs sifatida o’rganish. 2. O’quvchilarning sinfda tarbiyalashni tashkil etish. 3. Talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash. 4. Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish. 5. Fan o’qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini ( koordinatsiyalash) birlashtirish. 6. O’quvchilarning ota-onalari bilan ishlash. 7. Sinf rahbari fan o’qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko’p qirrali muhim vazifalarini bajaradi. SHuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar qo’ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko’tarishda muhim rol o’ynaydi. Demak yuqoridagilarga tayangan holda sinf rahbarining faoliyatiga nisbatan qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat.. 1.Yuqori g’oyaviylik va onglilik. 2 Sinf rahbari katta obro’ga ehtiromga va hurmatga ega bo’lishi 3 Pedagogik mahorat 4 Madaniy qobiliyatning mavdudligi 5 Pedagogik odobga ega bo’lish 6 Yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromda bo’lish 7 Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bulish 8 Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo’lish 9 Sinf rahbari kasbini yuqoriga ko’tarish va mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo’lish. Xulosa. Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart. Oliyjanoblik qalbning o’ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g’urur hislarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Pedagogning o’quvchilarga bo’lgan nisbatan bo’lgan munosabati mehr, hayrihohlik va yordamida iborat bo’lishi kerak. Ma’lumki rivojlanish uchun yordam berish murakkab jarayon bo’lib, o’quvchilar oldgiga qo’yi o’zi chetda qarab turishi va faqat shu talablar qanday bajarilayotganligini kuzatib borishi yetarli degan xulosaga kelgan pedagoglar katta hatoga yo’l qo’yadilar. Rasmiy hujjatlarga sinf rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan bo’lsa ham biz quyida sinf rahbarining vazifalarini aniq tarzda ko’rsatishni zarur deb bildik. Sinf rahbarining vazifalari: 1. Anatomik, fiziologik va psixologik xususviyatlarini o’rganish. 2. O’quvchilarning kundalik davomati odob, xulqi va jamoat ishlariga qatnashishini tekshirib borish. 3. O’quvchilarning rejimga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni tayyorlab borishlarini kuzatish. 4. Sinfda ishlaydigan fan o’qituvchilari bilan majlis o’tkazish 5. Darsda o’quvchilarning davomatini ta’minlash, sinfda va maktabda navbatchilikni tashkil etish , xonani jihozlash, xonadagi o’quv asboblarini saqlashga o’rtgatish, o’quvchilarning qiyinchiliklarini nazorat qilib ular bilan suhbat o’tkazish Download 30.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling