Toshkent viloyati Chinoz tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining navbatdan tashqari pedagogika kengashi bayonnomasi


Download 15.76 Kb.
bet1/2
Sana16.11.2023
Hajmi15.76 Kb.
#1777795
  1   2
Bog'liq
ommalashtirish pedkengash 09.11.2023


Toshkent viloyati Chinoz tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining navbatdan tashqari pedagogika kengashi
BAYONNOMASI
Chinoz tumani 2023-yil 9-noyabr
Kengash raisi: Shamsiyeva Erkinay Sadillayevna 34-maktab direktori.


Qatnashdilar: Metodik kengash a’zolari, metodbirlashma rahbari, ilg‘or, tajribali o‘qituvchilar.
Kun tartibi:
1. Maktabda faoliyat yuritayotgan boshlang'ich sinf o`qituvchisi Asel Sadillayeva, ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Alibekova Nodiralarning ta'lim -tarbiya sohasidagi eng yaxshi ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va maktabda ommalashtirish.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish raisi E.Shamsiyeva so'zga chiqib, joriy o'quv yili davomida ish tajribalari ommalashtirishga tavsiya etilgan pedagog-xodimlarning yil davomida erishgan yutuqlari haqida to'xtalib o'tdi. Shu bilan birga ushbu o‘qituvchilarning intizomli, mehnatkash xodim ekanligi, doimiy ravishda o‘z ustida ish olib borib, pedagogik malakasini oshirib borayotgani, izlanuvchanligi, ijodkorligi va darslarni o‘tish jarayonida turli xil innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib samarali natijalariga erishayotganligi, shuning natijasida o‘zi dars berayotgan o‘quvchilarning bilim sifati va samaradorligi oshishiga sabab bo‘layotganligini aytib o`tdi.
Maktab o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Z.Nabiyeva so`zga chiqib yuqorida nomlari qayd etilgan pedagog xodimlarning A.Sadillayeva va N.Alibekovalarning yangi ish tajribasini ommalashtirishda yaxshi natijaga erishgan, o'quv-tarbiya ishlari yuqori darajadaligi, tanlangan metodning dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyatga egaligi, yangi metodlardan foydalanganligi, pedagogik jarayonda yangi qonuniyatlarni kashf etilishiga ta'siri, erishilgan natijalarning zamonga mosligi, yuqori samaradorligi mavjudligi, shuningdek, ish tajribasining isbotlanganligi alohida aytib o'tdi.
Ilg'or pedagog-xodimlarning ish tajribalarini o'rganib ommalashtirishga tavsiya etdi

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib pedagogika kengashi




QAROR QILADI:
1. Maktab rahbari E.S.Shamsiyeva hamda O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Z.Nabiyevalarning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sadillayeva Asel Ravshanbek qizi, ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Alibekova Nodiralarning ish tajribasi maktabda ommalashtirilsin barcha fan o`qituvchilari darslarida ushbu metodlardan foydalanish tavsiya etilsin .

Kengash raisi: E.S.Shamsiyeva



Download 15.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling