1548-yilda – Navro’z Ahmadxon Abdulatifxon vafot etgach Samarqand taxtini egalladi.
1552-yilda – Qozon xonligi Rossiya tomonidan bosib olindi.
1555-yilda – Moskvada ingliz-rus iqtisodiy aloqalari rivojiga xizmat qiluvchi “Moskva kompaniyasi” tashkil etildi.
1556-yilda – Navro’z Ahmadxon vafot etgach, Abdullaxon II darxol Karmana va Shahrisabzda o’z hukmronligini tikladi.
1556-yilda – Rossiya Ashtarxon(Hoji Tarxon) xonligini bosib oldi.
1556-yilda – Mashur xattot Hamadoniy Eshmuhammadxonga “Shohnoma”ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko’chirib berdi.
1556-yilda – qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ko’chib keldilar va qozoqlarning Kichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar.
1556-1585-yillarda – Zarafshon daryosida qator suv ayirg’ichlari, ko’plab suv omborlari bunyod etildi.
1557-1558-yillarda – Buxoro xonligidan Moskvaga elchi yuborildi.
1558-yilda – Moskva kompaniyasi Rossiya orqali Sharqqa yo’l ochish uchun o’z elchisi Antoniy Jekinsonni Buxoroga yubordi.
1563-yilda – Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan Shayboniy Ko’chimxon Sibir xonligi taxtini egalladi.
1569-yilda – Rossiya – Usmonlilar davlati o’rtasida urush boshlandi.
1572-yilda – Rosssiya Usmonlilar sultonini Haj safari yo’lini ochib qo’yish talabini qondirdi. 1572-1825-yillarda – Munisning “Firdavs ul-iqbol” da Xorazmning 300 yillik tarixi ketma-ketlikda bayon etilgan.
1577-yilda – Abdullaxon II Buxoroda yirik, usti berk bozor – tim qurdirdi.
1581-yilda – Rossiya Sibir xonligiga qarshi Yermak boshchiligida qo’shin yubordi.
1583-yilda – otasi vafot etgach, Abdullaxon II rasman xon deb e’lon qilindi.
1584-yilda – Yermak mag’lubiyatga uchrab halok bo’ldi.
1586-yilda – Akbarshoh Abdullaxon II ga yo’llagan maktubida Usmonli davlati Eronni bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotgani bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |