1621-yilda – Habash va Elbars sultonlar otasi Arab Muhammadxonga qarshi isyon ko’tarishdi.
1623-yilda – Asfandiyorxon Eron shohi Abbos I yordamida Xiva taxtini egalladi va Habash hamda Elbars qatl etildi.
1623-1643-yillarda – Asfandiyorxon hukmronlik davri.
1630-yilda – Abulg’oziy Bahodirxon Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo’nati yuborildi.
1640-1711-yillarda – Boborahim Mashrab yashagan yillar.
1642-1645-yillarda – Nodir Muhammad hukmronlik davri.
1644-yilda – Asfandiyorxon vafot etgach, Abulg’oziy Bahodirxon Xiva xonligi taxtini egalladi.
1644-1721-yillarda – Bedil (asl ismi Mirzo Abdulqodir) yashagan davr.
1645-yilda – qozoqlar Movarounnahrga yurish qilib, Xo’jandgacha yetib keldilar.
1646-yilda – Abulg’oziy Bahodirxon Yangi Urganch shahrini qurdirdi.
1645-1651-yillarda – Nodir Muhammadning Balx viloyatida hokimlik davri.
1649-yilda – Abdulazizxon otasi Nodir Muhammadni yana Balxga hokim etib tayinlaydi.
1651-yilda – Subxonqulixon Balxni egallaydi.
1655-yilda – Xiva xoni Abulg’oziy Bahodirxon kata qo’shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qildi.
1662-yilda – Buxoro xonligi bilan sulh tuzildi.
1663-yilda – Abulg’oziy Bahodirxon hokimiyatni o’g’li Anushaxonga topshirdi.
1681-yilda – keksayib qolgan Abdulazizxon taxtdan voz kechdi.
1681-1702-yillarda – Subxonqulixon hukmronlik davri.
1688-yilda – Xiva xonligi Buxoro tasarrufiga kiritildi.
1700-yilda – Shohniyoz Subxonqulixonga bildirmay, Pyotr I huzuriga elchi yuborib, o’ziga tobe bo’lgan butun xalq bilan birga Rossiya qaramog’iga qabul qilishni so’radi.
1700-yilning 30-iyunida – Pyotr I Shohniyozning iltimosiga rozilik berdi.
1702-yilda – Subxonqulixon vafot etdi.
1702-1711-yillarda – Ubaydullaxon II hukmronlik davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |